Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Sportchilarni barkamollashtirishga qaratilgan treninglar



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Sportchilarni barkamollashtirishga qaratilgan treninglar
Sportchi shaxsini barkamollashtiruvchi treninglarning maqsadi — 
sportchi shaxsini psixologik jihatdan barkamollikka erishtirishdir. 
Boshqacha aytganda, har qanday muammoli vaziyatda sportchini faqat 
o‘zidan yordam olishga o‘rgatishdir. Masalan, talabalar orasidan kimdir 
o‘zini "Talabalik davrida berilayotgan barcha bilimlarni yaxshi 
egallayapman, men kelajakda yaxshi mutaxassislardan biri bo‘la olaman" 
deb hisoblaydi va bunga ishonadi. Kimdir esa butunlay buning aksi, ya’ni 
bunday gapni aytish uchun o‘ziga ishonmaydi. Hayotda o‘ziga ishongan 
odamlar bilan bir qatorda o‘ziga unchalik ishonmaydigan, ba’zan o‘ziga 
umuman ishonmaydigan kishilar har doim uchrab turadi. Ular noqulay va 
kutilmagan vaziyatlarga tez-tez tushib turadilar va bu vaziyatlarda 
himoyasizlik va yordamga muhtojlik holatida bo‘ladi. Bunday holatlarda 
va aytish mumkinki, bunday kishilarni har doim ham atrofidagilar 
qo‘llayvermaydi, ayniqsa, bu xil "omadsiz" odamlarni. Shuning uchun 
sportchi shaxsi eng avvalo o‘zidan yordam olishga o‘rganishi — har 
qanday vaziyatda ham muammoni еchishning biror bir yo‘lini izlashi, 
topishi va uni amalda qo‘llay olishi lozim bo‘ladi. 
Sportchi shaxsini barkamollashtirishga qaratilgan treninglarning 
maqsadi hayotda shunaqa holatlarga tushib qolgan odamlarni o‘ziga 
ishonmaslik holatidan chiqarish uchun maxsus bilim, ko‘nikma va 
malakalar hosil qilishdan iborat. 


69 
Emotsional hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etish 
bilan bog‘liq treninglar. 
Sportchi shaxsi hayotida kutilmagan yoki ba’zan kutilgan holatlarda 
ham noxush, kishini salbiy emotsiyalarga beriluvchanligini oshiruvchi 
vaziyatlar yuzaga kelishi – hayotda ko‘p kuzatiladi. Ayniqsa, sportchi 
shaxsi uchun kutilmagan holatlar sifatida — avariya holatiga tushish yoki 
bu holatning ko‘z oldida sodir bo‘lishi, yaqin kishisini yo‘qotish va uni 
unuta olmaslik kabi salbiy hissiyotlar uyg‘otuvchi voqealar sportchi 
shaxsida emotsional hissiy zo‘riqishlarni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, 
yoqtirmagan odamini uchratib qolish, kimgadir ozor berib qo‘yib, vijdon 
azobida azoblanish kabilar ham sportchi shaxsida noxush xislarni paydo 
bo‘lishiga asos bo‘ladi. Lekin sportchi shaxsi oddiy holatda bunday 
hissiyotlarni chiqarib yubora olmaydi. Bunday holat esa kishiga juda katta 
ichki ruhiy zo‘riqish beradi va buni chiqarib yubora olmaganligi natijasida 
turli salbiy, ruhiy o‘zgarishlar — stress, nevroz, depressiya holatlari kelib 
chiqadi. Ko‘pincha bunday kishilar o‘sha paytda his qilgan narsalarini 
gapirib bera olmayman, deyishadi. Ma’lumki, bunday holatlar sportchi 
shaxsi psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Trening natijasida sportchi shaxsini shunday voqealarni, hissiyotlarni 
unutishga yoki buni to‘g‘ri qabul qilishga o‘rgatiladi. Emotsional sohadagi 
treningning maqsadi — sportchi shaxsidagi noxush holatlardagi 
hissiyotlarni gapirtira olishdan iboratdir. Agar trening jarayonida sportchi 
shaxsi hujayralarining har bir joyida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni va 
ruhiy kechinmalarni gapirtirishga erishilsa – bu treningnig 
samaradorligidan darak beradi. Demak, bu treningni maqsadi — o‘z 
hissiyotlarini tasvirlab, gapirishga o‘rgatish orqali salbiy hislarni sportchi 
shaxsi psixikasidan chiqarib yuborishdan iborat. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin