Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Tanani yangi xatti-harakatlarga o‘rgatish uchun treninglar



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Tanani yangi xatti-harakatlarga o‘rgatish uchun treninglar
Ilmiylashtirish. Hayotda shunaqa odamlarni uchratish mumkinki,
ularning odamlar orasida, hatto yaqinlari orasida ham kulishi qiyin. 
Bunday odamlar gapirayotganida ham yuzida juda kam mimikalarni 
kuzatish mumkin. Ularning atrofdagilar, ayniqsa, ko‘pchilik oldida erkin 
harakat 
qilishga 
tortinayotganligini, 
hatto 
gapirishga 
ham 
botinmayotganligini sezish qiyin emas. Aytish mumkinki, bunday odamlar 
harakat qilishga ham qo‘rqadi, negaki ularda “Nojo‘ya harakat qilib, 
kulguga qolmay yoki ularda o‘zim haqimda salbiy fikr uyg‘otib qo‘ymay", 
degan o‘ziga nisbatan past baho berish ustunligi mavjud. Ular odamlar 
orasida o‘zini haddan tashqari qandaydir ramka ichida sezadi. Bunday 


70 
muammoning asl sababi — ularning ichki dunyosida qandaydir muammo 
mavjud. Masalan: baxtlilar ichida baxtsizligini (otasi, onasi, eri, farzandi 
yo‘qligini) o‘zi bilgani holda, bu holatini atrofdagilarga bildirmaslikka 
harakat qilish. O‘zining muammosini boshqalardan yashirib yurishi – 
bunday treningga keluvchilarning asosiy muammosidir. Chunki yuqorida 
sanab o‘tilgan holat bilan bog‘liq muammolar sportchi shaxsining tana 
harakatlarida namoyon bo‘ladi. Va uning tanasi bilan ishlash natijasida ana 
shu muammoni gapirtirish va uning еchimini ko‘rsatish lozim. 
 
Trening mashg‘ulotlarini olib borish usullari. 
Har qanday trening mashg‘ulotlarini olib borishda samaradorlikka 
erishish uchun eng avvalo ishtirokchilar orasida samimiylik, ochiqlik, 
o‘zaro ishonch muhitini yaratish lozim bo‘ladi. Bular amalga oshmasdan 
turib, treningdan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Bunday muhitni 
yaratish esa boshlovchidan katta mahorat talab etish bilan birgalikda 
trening jarayonida qo‘llaniladigan usullarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bunday 
usullar sirasiga "ta’limning noan’anaviy usullari" deb nom olayotgan va 
bizning ta’lim sistemamizga ham keng kirib kelayotgan usullar kiradi. Ular 
quyidagilardir iborat: 
 Aqliy hujum. 
 Bahs-munozara. 
 Psixogik mashq va o‘yinlar. 
 Rolli o‘yinlar. 
 Psixogimnastik mashqlar. 
 Kartochkalar usuli. 
 Muammoli vaziyatlarni tahlili etish. 
 Guruhlarga bo‘lish. 
 Sahna ko‘rinishi. 
 Rolli o‘yinlar. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin