Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Tanishuv bosqichini tashkil qilish



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Tanishuv bosqichini tashkil qilish. 
Treningdagi asosiy bosqichlardan biri – guruh a’zolarining bir-biri 
bilan va trenerlar bilan tanishuv bosqichidir. Bu bosqich trener tomonidan 
taklif etiladigan turli xil o‘yinlar orqali amalga oshiriladi. Demak, 
tanishuvni turli xil usulda tashkil etish mumkin, lekin tanishuv 
bosqichining mohiyati bitta bo‘ladiki, har bir ishtirokchi o‘zini bu еrda 
qanday tanishlarini yoki uni qanday nom bilan atashlarini istasa, o‘zini 
shunday tanishtirishi mumkin.
Bu bosqichni trener ishtirokchilar shunchaki bir-birlarining ismini 
bilishi bilan bog‘liq bo‘lgan rasmiyatchilik deb qabul qilmasligi kerak. 
Ishtirokchilarning tanishuv bosqichi – ularning o‘tkazilayotgan 
mashg‘ulotga va ayni paytdagi muhitga moslashish jarayoni bo‘lib, 
ulardagi hayajon va noqulaylik holatlarini bartaraf etishning eng qulay va 
yaxshi yo‘lidir. 
Mashg‘ulot avvalida trener o‘zini auditoriyaga tanishtirib, qaysi 
tashkilot, muassasadan ekanligini va o‘zi haqidagi ba’zi ma’lumotlarni 
(yoqtirgan rangi, qiziqishlari va h.k.) aytadi. Trener haqida ishtirokchilarda 
paydo bulgan ilk tasavvur keyingi ishlar natijasiga, trener va guruh a’zolari 
o‘rtasidagi munosabatlar xarakteriga va albatta, mashg‘ulotning yakuniga, 
samaradorligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Tanishuvda ishtirokchilar doira yoki boshqa shakllarda o‘tirishlari 
mumkin. 
Tanishuv bosqichini tashkil qilish uchun juda ko‘plab o‘yinlar 
mavjud bo‘lsada, umuman trening jarayonlarida quyidagi uch xil usulda 
tanishuv ko‘proq qo‘llanadi. 
1. Intervyu usuli. Bunda ishtirokchilar trener tomonidan juftliklarga 
bo‘lib chiqiladi. Juftliklarga bo‘linganlaridan so‘ng ular bir-birlaridan 
intervyu oladilar. Buning uchun ularga 10–15 minut vaqt beriladi. Bu vaqt 
davomida ular bir-birlaridan qanday ma’lumotlarni so‘rashlari lozimligi 
trener tomonidan tavsiya etilgan savollar asosida bo‘lishi ham yoki 
ishtirokchilarning o‘z ixtiyoriga, istagiga havola etilishi ham mumkin. 
Sheriklar bir-birlari to‘g‘risida ma’lumot to‘plab bo‘lganlaridan so‘ng har 
bir juftlikni navbat bilan maxsus joyga taklif etiladi va har bir ishtirokchi 
o‘zining sherigini guruh a’zolariga iloji boricha batafsilroq tarzda 
tanishtirishi lozim bo‘ladi. 


66 
2. Videoyozuv usuli — bunda trener tomonidan har bir ishtirokchi 
alohida jihozlangan xonaga chaqiriladi va u guruh a’zolariga o‘zi haqida 
nimalarni aytib berishni istasa, shuni gapiradi. Barcha ishtirokchilar o‘zi 
haqidagi ma’lumotlarni videotasmaga tushirib bo‘lganlaridan so‘ng, 
ularning hammasi xonaga taklif etiladi va tasma yozuvi qo‘yib beriladi. 
3. Kartochkalar usuli —har bir ishtirokchi trener tomonidan 
tarqatilgan maxsus kartochkaga o‘zi to‘g‘risida nima ma’lumotni berishni 
istasa, o‘shani yozadi. Kartochkalarni tablichkaga o‘xshatib hamma o‘z 
oldiga qo‘yib qo‘yishi, oldiga yoki orqasiga ilib olishi ham mumkin. 
Hamma bir-birining kartochkasini o‘qib o‘zaro tanishadi. 
Tanishuv bosqichida ishtirokchilar bir-birlarining ismini bilish bilan 
birga, har bir ishtirokchi o‘zining ismi, hayotidagi muhim narsalar haqida 
o‘ylab ko‘rish va buni ovoz chiqarib aytish imkoniga ega bo‘ladi. "Qor 
uyumi" o‘yini orqali tashkil etiladigan tanishuvlar esa qo‘shnisining 
aytganini takrorlash uchun eshitishning, ayniqsa o‘zidan oldingi kishini 
eshitishning qiyinligini his qilish imkonini beradi. Ko‘pchilik ishtirokchilar 
o‘zidan oldingi ishtirokchi nima deganligini eshitmaydi, chunki u 
eshitishdan ko‘ra o‘zi nima deyishi kerakligi haqida o‘ylaydi. 
Muhokamada trener tomonidan ishtirokchi "Diqqat markazida" bo‘lganida 
o‘zini qanday his qilgani so‘raladi. 
Ko‘pincha treninglarda tanishuv jarayonida ishtirokchilardan ismini 
aytish bilan birga muloqotga kirishish jarayoniga salbiy va ijobiy ta’sir 
etuvchi jihatlarini ham aytib o‘tish so‘raladiki, bu ma’lumot trener uchun 
har bir ishtirokchining individual jihatlarini bilishga ham xizmat qiladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin