e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash
Trener va unga qo‘yiladigan talablar Trenerning mashg‘ulotni qanday olib borishi, ya’ni trenerlik
mahoratidan tashqari uning o‘zi ham ishtirokchilarga juda katta ta’sir
ko‘rsatadiki, bunda asosan ikki narsaga e’tibor qaratiladi:
1. Trenerning kiyinishi (imidji).
2. Trenerning xatti-harakatlari, qiliqlari, odatlari.
Kiyim tanlash muammosi Trenerning kiyinishi guruhda u haqdagi dastlabki tasavvurning ijobiy
yoki salbiy bo‘lishiga, guruh uni qabul qilishi yoki qabul qilmasligiga olib
kelishi mumkinki, bu holat trening jarayoniga ham o‘z ta’sirini albatta
ko‘rsatishi tabiiy.
Imidj – bu atrofdagilar sizni qanday qabul qilishi, qanday ko‘ra
olishidir. Shu o‘rinda bir misol keltirib o‘tamizki, trenerning kiyinishi
qanchalik muhim ekanligini bu misoldan keyin osongina tushunib olish
mumkin.
Faraz qiling o‘qigan ikki kishi qanaqadir firma yoki davlat
muassasasiga ishga izlab bordi. Ularning biri – kostyum-shimda, oq
ko‘ylak, galstuk, qo‘lida portfel bilan kelsa, ikkinchisi egnida futbolka,
oyog‘ida krassovka, orqasiga ryukzak osib olgan bo‘lsa, albatta, birinchi
odam kishida haqiqiy mutaxassis taassurotini beradi, vaholanki, u tajriba
yuzasidan, ma’lumot yuzasidan ikkinchi odamdan ko‘ra pastroq bo‘lishi
mumkin. Lekin ularning kiyinishi, tashqi ko‘rinishi, imidji kishida
qarama-qarshi tasavvurlarni uyg‘otadi. Shundan kelib chiqqan holda
trenerning kiyinishi ham o‘ziga xos va vaziyatga mos bo‘lishi talab etiladi.
Avvalo trening qanaqa guruh uchun mo‘ljallanganligini e’tiborga
olish zarur. Lekin imkon darajasida treningga ishchi formada kelish lozim.
Bu kiyim avvalo mintalitet xususiyatlariga mos kelishi, shuningdek
trenerning o‘zi uchun ham qulay, harakatlanishga mos bo‘lishi lozim.
86
Trenerning bezaklari haqida ham to‘xtalish lozimki, trener uchun
haddan ortiq bezaklar bilan bezanish maqsadga muvofiq emas.