Trenerning vazifasi — Guruhning qiziqishini oshirib, ularni yo‘naltirib va
rag‘batlantirib borishdan iborat. Ishtirokchilarning o‘zi ishlashi uchun
trener ularga faqat sharoit yaratib berishi lozim. Shunday qilinsa
ishtirokchilar muammolarni tahlil qilish va ma’lum bir xulosalarga kelish
89
jarayonida o‘zaro ishonch va hurmat ko‘nikmalarini egallab boradi.
Ishtirokchilar mustaqil ravishda biror fikrga kelsa, trener uni to‘g‘ri qaror
sifatida qabul qilishi kerak. Trener har bir ishtirokchining muvaffaqiyatini
rag‘batlantirib ularning yashirin iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkon
yaratishi kerak. (Masalan: ishtirokchi kechikib kelganda chiroyli qo‘shiq
yoki she’r aytishi; rolli o‘yinda yaxshi rol bajarishi.
Trener quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak:
1.
Maqsadga yo‘nalganlik – treningni oxirigacha еtkazish, reglament
qoidasiga rioya qilish.
2. Chidamlilik – trenerning ushbu sifati guruhda intizomlilikni saqlashga
yordam beradi.
3. Reaksiyaning tezligi – trening jarayonida qo‘yilgan xatolarga operativ
holda diqqatni qarata olish.
4. Xarizma – trenerning ishtirokchilar uchun qiziq bo‘la
olishi,auditoriyani “yondira” olishi.
5. Yumor – trening jarayonida ajablanish holatlarini namoyon
bo‘lmasligiga yordam beradi.
6. Kommunikativ qobiliyat – shaxslararo va guruhlararo nizolarga yo‘l
qo‘ymaslikni, guruh ishtirokchilariga ta’sir etishning samarali yo‘llarini
ta’minlab beradi.
7. Moslashuvchanlik – trener har qanday holatga moslasha olishi
kerakligi.
8. Xatolarni tuzatish – xatolarni ko‘ra olish, uni qanday tuzatishni bilish,
xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmaslik.
9. G‘alaba qozonish – 2-3 muvaffaqiyat trener shuhratini yuzaga
keltiradi.
10. Refleksivlik – bu kasbiy sifatlarning eng ahamiyatlisi bo‘lib, anglash
qobiliyati va qanday vaziyatda nimani qo‘llay olish kerakligidir.
Yuqorida sanab o‘tilganlar bilan bir qatorda trener dasturga mos
ssenariylar tanlay bilishi, ularni kerak bo‘lsa, har bir aniq holat va
vaziyatga moslashtirishi, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu
holatlarga e’tibor qaratishi shart. Qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy
malakalari, madaniyati va ehtiyojlariga mos ravishda dasturlarga o‘z
vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo‘lishi. Mashg‘ulotlar shakli,
vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi
treningning samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Imkoniyati
boricha tinglovchilarni mashg‘ulot boshlanishidan oldin mavzu
bo‘yicha matnlar bilan ta’minlashi va ma’ruzalarni iloji boricha o‘zi
90
o‘qib, amaliy mashg‘ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma’qul.
M. Kubrom tomonidan trenerlik ishiga quyidagi talablar ishlab
chiqilgan:
1. Intellektual qobiliyatlar: kuzatuvchanlik qobiliyati, faktlarni jamlash,
qiyoslash, sog‘lom fikrlash, sintezlash qobiliyatining mavjudligi, ijodiy
fikrlash, original tafakkur.
2. Odamlarni tushunish va ular bilan ishlay olish qobiliyati: odamlar
fikrini hurmat qilish, chidamlilik, yozma va og‘zaki muloqatga kirisha
olish qobiliyatining mavjudligi, ishontira olish, hamda faoliyatga undovchi
motivlarni yaratish qobiliyatining mavjudligi.
3. Intellektual va emotsional еtuklik: faoliyatda va hulqdagi barqarorlik,
” bosim”ga qarshilik ko‘rsata olish, o‘z kuchiga ishonchsizlik bilan
kurasha olish, har qanday vaziyatda o‘ziga bo‘lgan nazoratni qo‘ldan
chiqarmaslik, o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olish.
4. Shaxsiy qat’iyatlilik va tashabbuskorlik: o‘ziga ishonch, tadbirkorlik
ruhi, mardlik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
5. Etika va rostgo‘ylik: boshqalarga yordam berish hoxishining
mavjudligi, rostgo‘ylik, shaxsiy kompetentligining chegaralarini anglash,
xatolarni tan olish qobiliyati.
6. Jismoniy va aqliy sog‘lomlik: ishdagi va kundalik hayotdagi
yuklovlarni (nagruzki) qiyinchiliklarsiz “ko‘tara olish”
.
Trenerdan
talab qilinadigan psixologik professionalizmning asl mohiyati shundaki,
u odamlar ko‘ziga va xatti-harakatlariga qarab, ularning niyat-
istaklarini, treningda ishtirok etish qobiliyatini taxminan oldindan
chamalay olishi va o‘yin davomida mohirlik bilan ular xatti-harakatlarini
zimdan boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.
Bundan tashqari,
boshqaruvchi shaxslardan fidoiylik, o‘z manfaatini o‘zgalarnikidan
pastroq qo‘yish,sabr-chidam, tezkorlik, faxm-farosat kabi sifatlar talab
qilinadi. Bu sifatlar ma’lumki, nafaqat nazariy tayyorgarlik asosida
balki, ko‘proq hayotiy va ijtimoiy faoliyatning murakkab turlarida faol
ishtirok etish natijasidagina qo‘lga kiritiladi.
A. I. Prigojin trenerning shaxsiy sifatlarini muhim ahamiyatga ega
ekanligini va birinchi navbatda umumiy bo‘lgan insoniy sifatlar uning har
bir ishida namoyon bo‘lishi kerakligini aytib o‘tadi. Bunda asosan
kommunikativligi, liderlik qobiliyati, ishontira olishi, mijozlar bilan
munosabatda chidamliligi shular jumlasidandir. Muammoning bir necha
tomonlarini ko‘ra bilish, o‘z faoliyatini yo‘naltirishni bilish va nihoyat
eng muhimi o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyati trenerlik ishining eng
muhim jihatlaridandir.
91
Har bir trener o‘z-o‘zini analiz qila olishi, o‘z “men”ini anglashi hamda
o‘z kasbi va “men”i o‘rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini anglashi
lozim.
“Men kimman?”, “men qandayman?” trener konsultant ushbu savollar
bilan doimo o‘ziga murojaat qilishi kerak. O‘z shaxsiy sifatlarini
anglay bilish mijozlar guruhi bilan samarali natijalarga erishishning
shartlaridan biridir. O‘zini anglash konsultantga o‘z nuqtai nazariga
ko‘ra qaysi shaxsiy sifatlarini rivojlantirishi, shakllantirishi lozimligini
aniqlash imkonini beradi.
A. V. Batarshev o‘z-o‘zini
anglashni quyidagicha ta’riflaydi: ”Nisbatan barqaror anglangan sistema
bo‘lib, individning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida , o‘zi va boshqa
odamlar bilan munosabat o‘rnatishi”.
Batarshevning fikriga ko‘ra shaxsiy “men” obrazi quyidagi
komponentlardan iborat:
– Kognetiv komponent (shaxsiy psixologik sifatlari, qobiliyatlari, tashqi
ko‘rinishi,ijtimoiy qimmatliligi).
– Emosional komponent ( o‘z-o‘zini baholashi va o‘zining
emotsional bahosi).
-Hulq komponenti (o‘ziga bo‘lgan munosabati ,
obro‘
qozonish,
o‘ziga faoliyat yurituvchi shaxs sifatida munosabatda bo‘lish) har bir
trener uchun zaruriy sifatlardan yana biri bu –ijodkorlilikdir. Albatta
ushbu sifat kreativlik bilan bevosita bog‘liq, ya’ni noan’anaviy fikrlash,
muammolarni tez еchish, nostandart еchimlarni topish.Trenerlik ishida
hech qanday umumiy retseptlar, sxemalar bo‘lishi mumkin emas.
Faqatgina umumiy yondashuv, murakkab, chigal vaziyatlarni echish
tajribasi bo‘lishi mumkin xolos. Trener doim nazariy bilimlari,
tajribasi, metodikalari, shaxsiy sifatlari va albatta ijodiy energiyasini
sarflagan holda yangilik taklif qilishi lozim. O‘z-o‘ziga ishonch – bu
avvalo o‘z kuchiga, o‘z pozitsiasiga, qo‘llayotgan metodlarga bo‘lgan
ishonchdir. O‘z-o‘ziga ishonch, ayniqsa, trener o‘z ishida eksperimental
metodlardan foydalangan vaziyatlarda
juda muhimdir.
Etika va rostgo‘ylik ushbu sifatlarsiz trener faoliyat yuritishi mumkin
emas.
Trener har qanday vaziyatda quyidagilarga amal qilishi kerak.
Mavzu doirasidan chetga chiqmaslik, muhokama etilayotgan
mavzularga nisbatan o‘z fikrini bildirish va mashg‘ulot so‘nggida albatta
xulosa yasashi shart.
Trener har bir kishini eshitishi, sust ishtirokchilarni faollashtirishi va
faol qatnashayotgan ishtirokchilarni rag‘batlantirishi shart.
92
Trener iloji boricha ishtirokchilarni yaqindan bilishi, ishni yaxshi
tashkil qilishi, guruhda do‘stona muhitni tashkil qilishi, ziddiyatli
holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishi kerak.
Trenerda fikr almashish malakasi juda yaxshi rivojlangan bo‘lishi
kerak. Bu malakani egallash quyidagilarga bog‘liq:
– diqqat bilan eshitish;
– eshitib bo‘lgach o‘z fikrini bildirish;
– o‘z hissiyotlarini va kechinmalarini bildirish.
Dostları ilə paylaş: |