95
3. Mikroguruhlarga topshiriq berayotganingizda instruksiyani ularning
hammasiga birvarakayiga tushuntirish kerak. Negaki, agar trener bitta
guruhga ko‘rsatma berib, qolganlariga ham
birma-bir tushuntirmoqchi
bo‘lsa, u holda topshiriqni olgan guruhlar darhol muhokamani boshlab
yuborishadi va sinfda shovqin-suron ko‘tariladi, trener esa qolgan
guruhlarga ko‘rsatma berishga qiynalib qoladi.
Topshiriq bajarilgandan keyin uni albatta umumiy guruhda
muhokama
qilish kerak, bunda har bir mikro guruhdan bittadan vakil
chiqib, o‘z guruhining fikri bilan tanishtiradi.
Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki
ekspert rollarini trenerning o‘zi taqsimlab berishi kerak.
Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari
berilib ketish kerak
emas, bu narsa treningni samaradorligi va rivojlanishiga halaqit berishi
ham mumkin. Shuning uchun 2 soatlik treningda 3 kishilik guruhga
bo‘linadigan topshiriqlardan ikkita, 7-8 kishilik guruhga bo‘linadigan
topshiriqlardan bittadan ortiq bajartirmaslikka harakat qilish lozim.
Trener mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish
uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak.
– ishtirokchilarga hech qachon kamsituvchi
ohangda ogohlantirish
bermaslik kerak;
– guruhdagi biror ishtirokchi gapirayotganda uning so‘zini bo‘lmasdan
eshitishi va qolganlarni ham shunga o‘rgatish kerak;
– mavzu doirasidan chetga chiqmaslikni so‘rash kerak;
– hammaning so‘zga chiqishini ta’minlash kerak;
– munozaralarda qaysidir sportchi shaxsi hayotiga aloqador fikrlar shu еrda
qolishga guruhni odatlantirish kerak.
Dostları ilə paylaş: