98
Trenerning vazifasi: ishtirokchilarni bir-biri bilan tanishtirishda samimiylik
muhitini yarata olish, fikrini ochiq bayon qilgan ishtirokchilarni qo‘llab-
quvvatlash, sust ishtirokchilarni davraga jalb qilishdan iborat.
2. O‘tish bosqichi — bunda ishtirokchilar o‘rtasida ancha yaqinlik paydo
bo‘la boshlaydi. Endi ular trenerning ishlarini baholashlari, ya’ni
uning
o‘zini tutishi, guruhga aralashib ketishi, guruhni faollashtirishi,
hozirjavobligi bilim doirasini kuzatishadi.
Trenerning vazifasi — ishtirokchilarda namoyon bo‘layotgan hissiyotlarni
e’tiboridan chetda qoldirmaslik, guruh erishmoqchi bo‘lgan
maqsad va
kutishlarni aniqlash, guruh a’zolari o‘zlarini qanday his etayotganligiga
e’tibor berish. Asosiysi ishtirokchilarni qanday bo‘lsa shundayligicha
qabul qilish va ularni o‘zgartirishga urinmaslikdan iborat.
3. Ish faoliyati bosqichi — bu bosqich ishtirokchilarning o‘z maqsadlariga
erishishida asosiy qism hisoblanadi. Ishtirokchilar
guruhda ishlash
qoidalariga rioya qilishadi. O‘zaro yordam so‘rash imkoniyatdan kelib
chiqib bir-birlariga ishonch paydo bo‘ladi. Shuning uchun trenerning ayrim
fikrlariga ko‘shilmasalar, ular orasida trenerga nisbatan norozilik, ayrim
xollarda asabiylashish, tushkunlik holatlari ham kuzatiladi.
Trenerning vazifasi: guruhda ishonchli
munosabatlar shakllanishiga
yordam berish, guruhdagi voqealarni e’tiborsiz qoldirmaslik, guruh
dinamikasini kuzatish, guruhdagi nizolik va
asabiylashish holatlarini
bartaraf etuvchi o‘yinlar o‘tkazish, guruhda ishonch munosabatining
shakllanishiga yordam berishdir.
4. Yakunlash bosqichi — bu bosqich mashg‘ulot yakunlanishining
mantiqiy nuqtasidir, agar mashg‘ulot muvaffaqiyatli tugagan bo‘lsa barcha
ishtirokchilarning kayfiyati a’lo darajada bo‘ladi. Bu bosqichda ish
davomida yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklarni
silliqlab ketish imkoniyati
tug‘iladi. Bosqich puxta o‘ylab chiqilib, aniq tashkil etilishi kerak, uni o‘z
holicha o‘tkazish yaramaydi, chunki bunday munosabat olib borilgan
ishning ijobiy yoki salbiy baholarini ko‘paytirib yuborishi mumkin.
Trenerning vazifasi: mashg‘ulotni yuqori hissiy kayfiyatda yakunlash
tadbirini tayyorlash va o‘tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit
yaratish, bir-birlariga yoki trenerga tashakkur
bildirishlari uchun imkon
yaratish, "teskari aloqa"ni amalga oshirish, har bir ishtirokchiga o‘ziga
yarasha minnatdorlik bildirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: