Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
 
Guruhdagi muammoli holatni hal qilish. 
Ba’zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma 
ishtirokchilar ham bir xilda bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik 
guruhlarda ba’zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin 
bo‘lgan quyidagi ko‘rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi 
kerak: 
– ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jig‘iga tegishi mumkin; 
– ishtirokchi o‘zini ko‘rsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi, noo‘rin 
kamsitishi mumkin; 
– ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aql o‘rgatishga 
harakat qilishi mumkin; 


96 
– ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini bo‘lishga harakat qilishi 
mumkin; 
– ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin; 
– ishtirokchi topshiriqda tegishli bo‘lmagan narsalar haqida gapirib vaqt 
o‘tkazishga harakat qilishi mumkin. 
 
 
Guruhda bunday muammolarni hal etish uchun quyidagicha yo‘l 
tutish mumkin: 
 Agar guruh ishida og‘ishlar ro‘y bersa, guruhga muloyimlik bilan 
vaqt behuda ketayotganligini va berilgan topshiriqni bajarish yoki 
muammoni muhokama qilish lozimligini eslatish lozim. 
 Muammo tug‘dirayotgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. 
Guruh qabul qilgan qoidalarga to‘xtalib, keyin bir kishining hulk-atvori 
qolganlarga ham salbiy ta’sir qilishini tushuntirish lozim va undan keyingi 
mashg‘ulotlarda guruh bilan hamkorlikda ishlashini so‘rash kerak. 
 Boshqalarning 
so‘zini 
bo‘layotgan 
ishtirokchiga 
shunday 
ogohlantirish berish mumkin: "Meni kechirasiz-u lekin sizga shuni eslatib 
qo‘ymoqchiman — guruhning har bir a’zosi gapirish huquqiga ega va 
uning so‘zini bo‘lish kerakmas". 
 Agar biror ishtirokchining hulk-atvori va xatti-harakati ishlashga 
halaqit berayotgan bo‘lsa, uni guruhning o‘zida ochiqchasiga muhokama 
qilish kerak. Qilingan harakat yoki aytilgan gapni tanqid qilinadi, uning 
salbiy tomonini va guruh ishiga halaqit berganligini ko‘rsatib beriladi, 
lekin hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan ishtirokchining o‘zini 
tanqid qilinmaydi. 
 Mashg‘ulot so‘nggida guruhning o‘zlashtirish darajasini muhokama 
qilish va bunda kimningdir hissiyotlariga tegib ketmaslikka harakat qilish 
lozim. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin