97
samarasi haqida fikrlarini so‘rash hamda ishtirokchilarga nisbatan o‘z
moyilligini namoyon etish.
Mashg‘ulot jarayonidagi muhit
Trening mashg‘ulotlariga nisbatan ishtirokchilarning munosabati.
Trening mashg‘ulotlarini o‘tish jarayonlarida ishtirokchilar turlicha
munosabat bildirishlari mumkin.
– ishtirokchilar trenerga turli xil chalg‘ituvchi
savollar berishi mumkin
(trenerni uyaltirish, hijolatga qo‘yish maqsadida);
– ba’zi ishtirokchilar o‘zini haddan tashqari o‘ng‘aysiz his qilib,
sukut
saqlashi, umuman gapirmasdan turib olishi mumkin;
– oilaviy hayotning nozik masalalari haqida ochiqdan ochiq gapirib
boshqalarning noroziligi yoki hijolat bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin;
– trenerning sportchi shaxsiy hayotiga aloqador
judayam nozik savollar
berishi mumkin.
Bu xildagi vaziyatlardan chiqib ketish uchun trener ishtirokchilar
bilan birga ishlab chiqilgan, mashg‘ulot vaqtida barcha amal qilishi lozim
bo‘lgan hulk-atvor va xatti-harakat qoidalariga
murojaat kilishi lozim,
ya’ni ishtirokchilarga yoki aynan o‘sha ishtirokchiga qoidalarni yana bir
bor takrorlatish kerak.
Qoidalarning ta’sirini oshirish uchun 2-3
kun boshlanishida
ishtirokchilar bilan rolli o‘yin tashkil qilish maqsadga muvofiq. (Hozir har
bir guruh bittadan qoidani tanlab olib, pontamima shaklida ko‘rsatib
beradi).
Dostları ilə paylaş: