Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
“Oila muammolari” 
 
Maqsad: Oilaviy hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar 
haqida tushuncha berish. Ularni hal qilishning turli еchimlarini topa 
bilishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. 
O‘yinning boshlanishida ishtirokchilardan boshlovchi hozirgi paytda 
oilalarda eng ko‘p uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar nimalardan iborat 
ekanligini so‘raydi. Javoblarni flipchartga yozib boriladi. 
Shundan so‘ng guruhda "Oila muammolari" o‘yini o‘tkaziladi. 


100 
Faoliyatning bu turini amalga oshirishda guruhni 5-8 kishidan iborat 
kichik guruhlarga bo‘lish mumkin. Shundan so‘ng kichik guruhlarning har 
biriga quyidagicha topshiriq beriladi: 
"Birgalikda ish olib borib, yuqorida sanab o‘tilgan oila 
muammolaridan birini tanlab oling va shu asosda 10 daqiqaga 
mo‘ljallangan sahna ko‘rinishi tayyorlang. Har bir guruh turli xil 
muammolarni tanlab olishi lozim. Keyin esa ana shu muammoni sahna 
ko‘rinishi asosida ochib berishlari lozim. Sizga muammoni tanlash va shu 
muammo asosida sahna ko‘rinishi tayyorlash uchun 15 daqiqa vaqt 
beriladi". 
Bunda boshlovchi albatta har bir guruhning mavzu tanlashida turli 
muammolarga murojaat qilishi uchun ularga maslahat berishi va 
tayyorlanayotgan sahna ko‘rinishlarini kuzatib borishi lozim. Muammolar 
turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: oiladagi ota-ona va bola o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklar, er-xotin o‘rtasidagi nizolar, ajralish, qaynona-kelin 
o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, ichkilikbozlik, giyohvandlik muammosi va 
hokazo. 
Guruh a’zolariga o‘z chiqishlarini namoyish etishlarida turli xil 
usullardan masalan: musiqa, raqs, yumor, dramatik o‘yin va h.k. lardan 
foydalanishlari mumkinligini eslatib o‘tiladi. 
Guruhlar o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishini namoyish etib 
bo‘lganlaridan so‘ng ko‘tarib chiqilgan muammoning kelib chiqish 
sabablari va bu muammoni hal qilishning turli еchimlarini barcha 
ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinishini tashkil qilish kerak. 
Muhokamadan so‘ng o‘quvchilarga, hech qaysi oilaviy muammoning 
еchimi yagona bo‘lmasligini, oilaviy hayotda muammo vujudga kelar 
ekan, uni albatta o‘sha vaziyat, o‘sha sharoitdan kelib chiqqan holda hal 
qilish lozimligini alohida ta’kidlanadi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin