Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
"Oila tasviri" 
Ushbu o‘yin avvalgisi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda doska yoki plakatda 
yozilgan afsonalar ro‘yxati guruh ishi uchun material bo‘lib xizmat qiladi. 
 
Maqsad: Oiladagi turli xil nohaqqoniy munosabat shakllarining oila 
a’zolari hayotiga salbiy ta’sirini aniqlash. 
 
Materiallar: Oila hayotidagi "afsona"lar ro‘yxati, "Oila tasviri" deb 
nomlanuvchi oilaning hamma a’zolari shartli ravishda tasvirlangan plakat, 
markerlar yoki 3 xil rangli еlim qog‘ozlar. 
 
O‘yin davomiyligi: 10-15 min. 


101 
 
O‘yinning borishi: ishtirokchilar uchta kichik guruhga bo‘linishadi. 
Har bir guruh a’zolari oila hayotiga oid afsonalarga murojaat etgan holda 
ushbu samarasiz hayot uslublari oila a’zolarining qaysilariga salbiy ta’sir 
etishini tahlil etishadi. 
Keyin esa har bir guruhdan bir kishi o‘rtaga chiqadi va "Oila tasviri" 
plakati oldida turib har bir afsona oila a’zolaridan qaysi biriga ko‘proq 
ta’sir etishi haqida o‘z kichik guruhining fikrini bayon etadi. 
Boshlovchi ishtirokchilarining muhokamasidan so‘ng ular bilan 
birgalikda quyidagicha xulosa qilishi mumkin: "Ko‘rinib turibdiki, oila 
a’zolaridan birining nojo‘ya xulki oilaning hamma a’zolariga salbiy ta’sir 
etadi". 
"Oilaviy hayotdagi qadriyatlar tahlili" o‘yini 
 
Maqsad: Inson hayotida еtakchilik qiluvchi qadriyatlarni va odamlar 
orasida sodir bo‘ladigan tushunmovchiliklarning kelib chiqish sabablarini 
anglash. 
 
Materiallar: Oilaviy hayot qadriyatlari ro‘yxati yozilgan 
kartochkalar. 
 
O‘yinning borishi: Baxtli oilaviy hayot ta’riflari yozilgan 6 ta 
kartochka xonaning turli tomonlariga qo‘yiladi. Ishtirokchilar ushbu 
ta’riflarning har biri bilan tanishib, o‘zlariga ma’qul keluvchi fikrni 
tanlashadi va ushbu yozuv oldiga borib turishadi. Har bir yozuv oldida 
yig‘ilgan ishtirokchilar o‘z kichik guruhlarini tashkil etishadi va nima 
uchun shu ta’rif ularning hayotlarida еtakchi ekanligi haqida asosli dalillar 
ishlab chiqishadi. So‘ngra har bir guruhdan bittadan vakil chiqib, o‘z 
guruhining fikrini asoslab beradi. Boshqa guruh a’zolari esa bu chiqishga 
nisbatan o‘z fikrlarini, e’tiroz va savollarini bildirishlari mumkin. 
O‘yin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning diqqatini quyidagi 
fikrlarga qaratadi: "Hayotda har bir odam e’tiqod qiluvchi g‘oya va 
qadriyatlar xilma-xildir. Bu xilma-xillik odamlarning turli xarakter va 
moyilliklarini ifodalaydi. Inson o‘zaro muloqotda mana shu farqlarni 
doimo hisobga olishi, iloji boricha ularni chetlab o‘tishi, g‘oya va 
qadriyatlarga qarama-qarshi bormasligi kerak". 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin