102
ham bilasiz. Oilaning boshqa a’zolarini-chi? Iltimos, ota-onangizning ismi,
familiyasini, ularning qachon tug‘ilganliklarini ayting. Ota-onangizning
tug‘ilgan yili, oyi, kunini aniq eslay olgan bo‘lsangiz, juda soz. Mabodo,
eslay olmasangiz hechqisi yo‘q, sira tashvishlanmang hali oldinda
imkoniyatingiz bor. Endi oila shajarasini tuzsak. Aristokratlar 10
pushtgacha bo‘lgan avlod-ajdodlarining aniq ismi-familiyasi, tug‘ilgan yili,
tarjimai holiga xos faktlarni esda saqlab qolganlar, yozib berganlar hamda
bu ma’lumotlarni o‘z farzandlariga qoldirganlar. Bugungi kunda huddi
shunday shajarani tuzish bir oz mushkul, ammo shunday bo‘lsa-da hech
bo‘lmaganda 3 pushtgacha bo‘lgan avlodlar shajarasini tuzing. Buning
uchun ilovadagi sxemadan foydalaning.
"Oila shajarasi"da ko‘rsatilgan barcha qarindoshlarning ismi,
familiyasi, tug‘ilgan joyi va vaqtini ko‘rsatishingiz shart.
Boshlovchi murakkabligiga qaramasdan ota-onalar va oila mavzusini
muhokama qilishi maqsadga muvofiq. Ushbu etyudni muhokama qilishda
unga to‘liq javob olishning imkoniyati yo‘q. Jadvalni oxirigacha
to‘ldirishni talab etish shart emas. Sinaluvchilar oila shajarasi ustida ozgina
fikr yuritsinlar. Ularni rag‘batlantirish maqsadida 10 balli sistemada
baholash kerak.
Bu o‘yin oilaviy muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha o‘yinlar kabi
o‘ta ehtiyotkorlik va nazokatlilikni talab qiladi. Ish jarayonida
ishtirokchilarning emotsional holatini diqqat bilan kuzatish kerak
bo‘lganda qo‘llab-quvvatlash lozim.
Dostları ilə paylaş: