116
qiluvchi xonadan chiqib ketadi va bir pasdan so‘ng "mehmon"ni boshlab
kiradi. Ishtirokchilar protogonistni doira shaklida o‘rab oladilar va uning
atrofida kim qanday istasa shundayligicha o‘tiradilar. U bilan
gaplashishning navbatma-navbatligi shart emas, muhimi har bir ishtirokchi
u bilan munosabatga kirishishi kerak.
Oldindan ma’lum bo‘lgan kulguli narsalar (mehmon bilan "chet tilida
gaplashish" va muloqotning odatlanilmagan usuli) o‘yinga zavq
bag‘ishlaydi, kulgu uyg‘otadi, lekin ta’kidlangan jiddiylik yo‘qolmaydi.
Tajribalarda ko‘rinishicha, protogonist bilan muloqotda bo‘luvchi sportchi
shaxsilar o‘z munosabatlarida hazilomuz, kulguli harakatlarni ham
qo‘llaydilar. Bunda ishtirokchilar, hatto hakamlar tomonidan ballar
kamaytirilishi ehtimolini ham unutib qo‘yadilar. Shunday vaziyat
kuzatilganda, o‘yin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning bu xil
(noo‘rin) harakatlarini еngilgina bo‘lsa xam ta’kidlab o‘tishi kerak.
Mehmon nomiga aytilayotgan olqishlar haqida oldindan boshqotirib
o‘tirish shart emas, balki ishtirokchilar buni o‘yin jarayonida o‘ylab
topishlariga imkoniyat yaratish kerak.
Dostları ilə paylaş: