Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Mevali salat 
O‘yin ishtirokchilari doira shaklida o‘tirib olishadi, ulardan bittasi 
(chaqiruvchi) o‘rtada turadi. U uchta odamdan eng yaxshi ko‘rgan 
mevasining nomini aytishini so‘raydi va keyin doira bo‘ylab yurib, o‘zidan 
boshlab har bir ishtirokchiga aytilgan uch xil mevaning nomi bilan "ism" 
qo‘yib chiqadi. Masalan, agar mevalar — olma, anor, uzum bo‘lsa o‘ziga 
"olma" deb nom qo‘yadi va qolganlarga ham shu tarzda nom qo‘yib 
chiqishni 
davom 
ettiradi 
(ishtirokchilarning 
hammasiga 
ism 
qo‘yilmaguncha). Shundan so‘ng boshqalarga nom bergan o‘rtadagi odam 
mevalardan birortasining (masalan, olma) nomini aytsa, barcha "olmalar" 
o‘rinlarini almashishlari lozim bo‘ladi, o‘rtadagi odam esa ulardan birining 
o‘rniga o‘tirib olishga harakat qilishi kerak. Turib qolgan odam 
chaqiruvchi bo‘ladi. Agar o‘rtadagi odam "mevali salat" desa barcha 
ishtirokchilar o‘rinlarini almashadilar. 
Bu o‘yin juda qiziqarli va jalb qilish xususiyatiga ega bo‘lib, 
ishtirokchilar o‘rtasidagi barerni yo‘qotishga va ularni tez o‘ylab, tez 
harakat qilishga undaydi. 
 


124 
Hayvonot olami 
O‘yin ishtirokchilari doira bo‘lib turishadi va o‘zlariga birorta 
hayvonning nomini tanlashadi. 20 kishidan iborat guruh uchun 6 ta 
hayvonning nomi еtarli. Bir xildagi hayvonlarning nomi qog‘ozga sonlar 
bilan yozilib, ularga shulardan birini olish taklif etiladi. Ishtirokchilar 
ma’lum bir hayvonlarni tanlab bo‘lganlaridan so‘ng ko‘zlarini yumib, 
atrofda aylanib yuradilar va o‘zlari mansub bo‘lgan turdagi sheriklarini 
izlaydilar. Bunda hamma o‘ziga xos ovoz bilan bir-birini chorlashi kerak 
(masalan, "ba-a-ba-a", "myov-myov", "vov-vov" va h.k.). Ikkita bir xil 
"hayvon" bir-birini topib olsa, ular qo‘llarini mahkam ushlagancha keyingi 
sherigini izlashga tushadilar va barcha sherigini topib, toki alohida 
guruhlar tuzilmagunicha davom etaveradi. 
Bu kirish o‘yini hisoblanib, u asosan ishtirokchilarda bir-birlariga 
ishonch hosil qiladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin