125
Ishchanlik muhitini yaratish bo‘yicha o‘yinlar
Bu xildagi o‘yinlar guruh ishtirokchilariga ma’lum bir muhitda o‘zini
qulay his qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. Bu
o‘yinlarda ishtirokchilar bino (xona, maydoncha) bo‘ylab yurishlari, hatto
yugurishlari, sakrashlari mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad — ularga
o‘yin o‘tkazilayotgan joyning har bir burchagida o‘zini dadil, ishonchli
sezishi uchun sharoit yaratib berishdir. Ayni holatda "Arqon tortish"
o‘yinini o‘tkazish tavsiya etiladi.
"
Kuzatish va eshitish" o‘yinlari
Bu xil o‘yinlar ishtirokchilardan boshqa ishtirokchilarning ko‘rinishi,
ularning
nimalarni gapirayotgani, nimani his qilayotganligiga (masalan,
qaerda yashashi, qachon tug‘ilganligi kabilarga) e’tibor berish talab
qilinadi. Ya’ni, bu o‘yinlarning qatnashchilari
norasmiy sharoitda,
norasmiy holatda bir-birlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladilar.
"
Ishonchga asoslangan" o‘yinlar
Bunday o‘yinlarning asosiy maqsadi ularning nomlanishidayoq
namoyon bo‘ladi. Ular yordamida guruhda o‘zaro ishonchli
munosabatlarni shakllantirish mumkin. Bu o‘yinlarni
guruh bilan ish
boshlagan dastlabki paytda emas, balki boshlovchi va guruh a’zolarida
guruhga nisbatan qandaydir ishonch hissi paydo bo‘lishi uchun keyinroq
o‘tkazish ma’qulroq. Bu o‘yinlarda guruh ishtirokchilari o‘rtasida
taktil
aloqalar bo‘lishi natijasida ular orasida o‘zaro ishonch, ahillik paydo
bo‘ladi.
Shuningdek,
bunday
o‘yinlarni
o‘tkazish.
jarayonida
ishtirokchilarning bir-birlariga nisbatan o‘zaro mas’uliyat bilan
munosabatda bo‘lishi ham namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: