Glossariy.
Psixologiya – lotincha «psyuxe» – ruh, jon, «logos» – fan, ta’limot degan
so‘zlardan olingan bo‘lib, ruh, jon haqidagi fan degan ma’noni anglatadi.
Psixika – yuksak taraqqiy etgan materiyaning ya’ni miyaning mahsuli bo‘lib,
tirik mavjudotning tashqi olamni miyada aks ettirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
murakkab hodisalar xossasi majmuidir.
Psixik holatlar – charchash (toliqish), emotsional zo‘riqish (effekt, stress),
monotoniya (diqqinafaslik, zerikish), uyqu holati, uyg‘oqlik holati.
Psixik jarayonlar – sezgi a’zolariga tashqi ta’sir shakllari, inson va tashqi
muhit, ichki kechinmalari o‘rtasida bog‘lanishlar shakli bo‘lishi mumkin.
Odatda psixik jarayonlar deganda sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, xotira,
hissiyot, iroda tushuniladi.
Temperament – lotincha temperamentum degan so‘zdan olingan
bo‘lib, buning ma’nosi aralash demakdir. Temperament deganda biz,
odatda, insonning tabiiy, tug‘ma xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
individual xususiyatlarni tushunamiz.
Agressiya – sportchilarga, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy yoki ruhiy
zarar еtkazishga qaratilgan xatti-harakat.
Agressiv xulq – inson bilan vaziyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’siri natijasida vujudga
keluvchi agressiv jarayon.
Asabiylashish – sportchi organizmining barcha funksiyalarini o‘zaro hamda
tashqi muhit bilan aloqasidagi nerv psixik zo‘riqish.
Aqliy xujum – muhokama qilinayotgan mavzu yuzasidan ishtirokchilarning
aytgan fikriga hech bir shubha qilmaslik, aksincha har qanday fikrni bildirishda
to‘la erkinlik yaratib berishga qaratilgan interfaol usul.
Barkamollik – insonning har tamonlama еtuklik darajasi.
Bahs-munozara – bu faoliyatning diologik shakli bo‘lib, turli fikrlar orasida
boradigan shiddatli kurashni, suhbatni yuzaga keltirishdir.
Dostları ilə paylaş: |