Murabbiyning
boshqaruv uslublari
Avtokratik Liberal
Demokratik
129
“erkatoylar” mavjud bo‘ladi va ular odatda o‘z o‘rtoqlari orasida har doim
hurmat-e’tiborga sazavor bo‘la olmaydilar. Boshqa o‘quvchilari bilan
avtokrat murabbiylar muomalada muayyan masofani saqlaydilar, o‘z
o‘quvchilari bilan munosabatda ular samarali va bir maromdagi ohangni
topa bilmaydilar. O‘quvchilari muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda
kuchli asabiylashadilar, xatto so‘kish, haqorat so‘zlarni ham qo‘llay
oladilar. Oqibatda sport jamoasida nosog‘lom psixologik muhit va
mojaroli vaziyatlar yuzaga keladi.
Liberal boshqaruv uslubi murabbiyning jamoa faoliyatiga juda kam
aralashishi bilan izohlanadi. Bunday murabbiy odatda mashg‘ulotlar
jarayonida mashqlar va qiyinchiliklarni tanlashda o‘z qo‘l ostidagilarga
keng erkinlik beradi. Sportchilarga maksimal darajadagi mustaqillikni
berib, aksariyat hollarda o‘zi ham “ularning izmida” bo‘ladi.
Sportchilarning sportchi shaxsiy munosabatlarini yaxshi bilmaydi. O‘z
qo‘l ostidagi еtakchi va muayyan obro‘ga ega sportchilarning fikr –
mulohazalariga quloq soladi. Liberal murabbiyning sportchilar bilan
muloqotida talab, maslahat, tavsiyalar deyarli bo‘lmaydi. Ularning o‘rnini
iltimos va kelishuvlar egallaydi. Qo‘l ostidagilar tomonidan intizomni
buzish, topshiriqlarni bajarmaslikka oid har qanday tushuntirishlarni u
hech qanday tanqidiy baholarsiz qabul qilaveradi. Liberal murabbiyning
sportchi shaxsiy fazilatlari: kirishimli, bosiq, birovni xafa qilmaydigan,
xushmuomala, hayrixoh, muomalada juda sodda, talabchanlikdan holi,
haddan ziyod bag‘rikeng.
Demokratik boshqaruv uslubi aksincha, bo‘ysunuvchilarga
mustaqillik erk berish tarafdori. Mashg‘ulotlarni tashkil etishda
sportchilarning sportchi shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda
taqsimlaydi. Bunda u bolalarni sportga moyilliklarini ham hisobga oladi.
Buyruq yoki topshiriqlar, odatda, taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy,
doimo osoyishta, sokin, unda o‘rtoqlarcha, do‘stona munosabat sezilib
turadi. Biror kishini maqtash yoki ishdagi kamchilikka ko‘ra ishiga baho
berish doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishilgan holda amalga
oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha taklif, istak shaklida qilingan ishlarning
mazmuniga baho berish holida ''aybdorga" еtkaziladi. Har bir
mashg‘ulotlar jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Shuning uchun ham
uning fazoviy-ijtimoiy holati ''jamoa ichida". Jamoada tanqid va o‘z-o‘zini
tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatidan hech kim aziyat
chekmaydi. Psixologik olim Gibsh va Forverglarning tahlillariga ko‘ra,
bunday boshqaruvni amalga oshirilishi jamoalarda ma’naviy-ruhiy muhit
juda yaxshi, sportchilar jamoadan, mashg‘ulotdan qoniqish hosil qilganlar,
130
mashg‘ulotlardan zerikish hollari kam bo‘lishi, lekin sportchilardagi
jismoniy rivojlanish darajasida sekin o‘zgarish holati ko‘zatilar ekan.
Yuqorida jamoani boshqarishning bir-biridan keskin farq qiluvchi 3 ta
uslubi keltirildi. Biroq, ulardan qaysi biri jamoani tarbiyalash, o‘qitish,
uning sport natijalarini yuksaltirish va hokazolar borasida samaraliroq
degan haqli savol tug‘iladi. Quyida biz ularning har biri haqida muayyan
xulosalarni chiqaramiz. Albatta murabbiy muayyan sport turi talablariga
javob beradigan o‘quvchilarni tanlab olishi lozim. U amalda murabbiyning
barcha konsepsiyalari va fikrlarini, rejalari hamda orzu—umidlarini
ro‘yobga chiqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, uning jamiyatda yanada
yuqoriroq maqomga erishish borasidagi o‘z ehtiyojlarini qondirishiga
yordam bera oladigan o‘quvchilarni tanlab oladi. Psixologlarning tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, sportda endigina ilk qadamni tashlayotgan o‘spirin
uchun, uning murabbiysi professional jihatdan qay darajada bilimdon
ekanligini baholash juda mushkuldir. Bunday hollarda sportchi o‘z
murabbiysiga birinchi navbatda sportchi shaxsi sifatida baho beradi,
binobarin u quyidagilarni yaxshi tushunadi: uning murabbiysi mehribonmi
yoki qattiqqo‘lmi, u bolalarni yaxshi ko‘radimi, u hazil qilishi mumkinmi
yoki doimo jiddiymi, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladimi
va hokazolar. Keyinchalik sportchilarning o‘z murabbiylariga nisbatan
munosabatlariga ularning ehtiyojlari, motivlari, yo‘nalishlari hamda
mashg‘ulotlar jarayonida murabbiylar tomonidan shakllantiriladigan
omillar tizimi ta’sir ko‘rsatadi.
|