111
***Muammoning mohiyatini va ayni paytda nimani his
etayotganligingizni tushuntiring. Muammo haqidagi o‘z fikringizni to‘la
bayon eting.
Ushbu vaziyatdan chiqish еchimini, o‘z talabingiz va
iltimosingizni ayting.
***Sizning talabingiz yuzasidan sheringingizning fikrini aniqlang.
*** Sherigingizning samimiy gaplari yoki u taklif etgan еchim uchun
unga tashakkur bildiring.
2. Boshlovchi ishtirokchilar orasidan N3 vaziyatni ijro etish uchun
ko‘ngillilarni chaqiradi va bu o‘yin orqali nizoli vaziyat kelib chiqishining
oldini olish imkoniyati namoyon etiladi. Muhokama.
3. Guruh uchliklarga bo‘linadi.
Har bir uchlikda uchta vaziyat o‘yin tariqasida ijro etiladi
(har bir ishtirokchi agressiv, nizodan chiqa oluvchi va o‘ziga ishongan
odam rolida hamda kuzatuvchi rolida ishtirok etishi shart).
4. Har bir vaziyat ijro etilganidan keyin kuzatuvchilar o‘z
taassurotlari bilan o‘rtoqlashadilar.
5. O‘yin nihoyasida ishtirokchilar o‘z kechinmalari haqida fikr
almashadilar,
qanday
ijobiy
natijalarga
erishilganligi
yoki
muvaffaqiyatsizliklarning sabablari muhokama qilinadi.
Dostları ilə paylaş: