109
uloqtirishni va hayotni ana shu qadriyatsiz tasavvur qilib ko‘rishlarini
so‘raydi.
Shu tariqa har bir qadriyatdan voz kechib boriladi. Shundan so‘ng
ishtirokchilarga qadriyatdan ajralayotgan vaqtda qanaqa hissiyot, qanaqa
tuyg‘uni his qilganligini eslash taklif qiladi. Keyin boshlovchi mo‘jiza ro‘y
berib, qadriyatlarni birma-bir qaytarish imkoniyati tug‘ilganligini e’lon
qiladi va g‘ijimlangan qog‘ozlarni birma-bir qaytarib oladi. So‘ng
ishtirokchilardan qadriyatlarning yo‘qotilgan
paytdagi holati va
g‘ijimlangan qog‘ozlarga yozilgan holatini solishtirib, yo‘qotilgan paytdagi
qadriyatlarni hozir ham xuddi shunday qadr-qimmatga egami yoki yo‘qmi
ekanligini so‘raydi. Agar guruh a’zolari qadriyatlarni ahamiyatiga ko‘ra
o‘rinlarini almashtirgan bo‘lsa, buni ham bayon qilishlari kerak.
Mashg‘ulot so‘ngida boshlovchi natijalarni muhokama qilib, xulosalarni
bayon etadi.
Diqqat! Mashg‘ulot jarayonida
ishtirokchilar kuchli ruhiy
kechinmalarni, zo‘riqishlarni his qilishlari mumkin. Shuning uchun
mashg‘ulot ortiqcha shovqin-suronsiz o‘tishiga, ortiqcha ovozlar
bo‘lmasligiga, ishtirokchilarning bir-biriga halaqit bermasligiga va begona
odamlarning xonaga kirmasligiga e’tibor berish lozim.
Shu bilan birga
boshlovchi ham ishtirokchilarga diqqat-e’tiborli bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: