114
Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini o‘ynaydi, qolganlar
esa yo‘lovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita o‘rindiqni egallab olib,
biriga
o‘zi o‘tiribdi, biriga esa magnitofonini qo‘ygan. U hech kimga joy
bermoqchi emas.
Yo‘lovchilardan har biri bezori bilan til topishib
uning yoniga o‘tirishga harakat qilib ko‘rishi kerak. Sharti shuki —
maqsadga janjalsiz erishish lozim.
"Avlodlar o‘rtasidagi nizo" o‘yini
Maqsad: O‘quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish,
sportchi shaxslararo munosabatlarni ijobiy rivojlantirish.
Bunda uch kishi ishtirok etadi — yigit, qiz va katta yoshli odam.
Avlodlar o‘rtasida " Eh, hozirgi yoshlar..." qabilida taqlid uyushtiriladi.
Yigit va qizning vazifasi: imkon boricha xushmuomalalik
bilan nizodan
qochish. Jyuri a’zolari har bir o‘quvchining harakatini baholab boradi.
"Orqadagi yozuvlar"
Ishtirokchilarning orqalariga varaq mahkamlab qo‘yiladi. Hamma
ishtirokchilar xonada xohlagan odamining oldiga borib uning orqasidagi
qog‘ozga bu odamning nimasi o‘ziga yoqishini yozishi kerak.
Vazifani
mukammallashtirish ham mumkin. Masalan, o‘sha odamda nimani
o‘zgartirishni xohlashini yozishi mumkin.
Informatsiyani (ma’lumotni) so‘zsiz uzatish
Bu o‘yinda boshlovchi yo‘naltirib turuvchi rolini bajaradi.
Boshlovchi shunday tushuntirish beradi: "Hozir bir kishi xonadan
tashqariga
chiqib turadi, qolganlar esa unga qanaqa ma’lumotni aytish
lozimligi haqida kelishib olishadi. Men uni chaqiraman,
shunda butun
guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari bilan unga shu
informatsiyani uzatishga harakat qilishadi. Chaqirilgan
odamning vazifasi
— guruh unga aytmoqchi bo‘layotgan ma’lumotni anglab olishdan iborat".
Boshlovchiga eslatma: Odatda, o‘smirlar o‘yin muhitidan nojo‘ya
xatti-harakatlarni bajarish uchun bahona sifatida foydalanishlari mumkin.
Albatta, bu o‘yinda nojo‘ya harakatlar bo‘lishi tabiiy, lekin kimki
vaziyatdan sho‘xlik va hazil-huzul uchun foydalanmoqchi bo‘lsa, uni
o‘ynayotgan guruhinng o‘zi tartibga keltirib qo‘yishi kerak. Bu usulning
muhim ta’sir
kuchiga egaligini hisobga olib, uni jamoatchilikdan holi va
shovqin kam bo‘lgan maxsus xonalarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: