117
qarshi holda yuzma-yuz turadilar. Har bir o‘quvchi qarshisidagi sherigi
bilan mashqni bajaradi.
Yo‘riqnoma: Tasavvur qiling, sizlar qarama-qarshi tomonlarga
ketayotgan avtobusda ketayapsizlar, avtobus oynasida boshqa avtobusda
ketayotgan tanishingizni ko‘rib qoldingiz. Birinchi guruhdagilar sizlarning
o‘sha tanishingizda biron zarur, muhim gapingiz bor. Imo-ishora orqali
unga o‘z fikringizni tushuntirishingiz kerak. Ikkinchi guruhdagilar, sizlar
o‘z suhbatdoshingizni imo-ishorasidan nima demoqchi ekanligini tushunib
olishingiz kerak.
O‘quvchilar mashqni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng boshlovchi har bir
guruh ishtirokchilariga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Sherigingiz
bermoqchi bo‘lgan ma’lumotdan nimani tushundingiz? Ikkinchi
guruhdagilarga esa "Siz aslida nima demoqchi edingiz?", deb so‘raladi.
Natijalar solishtirib chiqiladi va noverbal imo-ishora va xatti-harakatlar
individual xususiyatga ega bo‘lishi bilan birga umumiy tomonlarga ham
egaligi ta’kidlab o‘tiladi. Muloqot davomida bu jarayon
ishtirokchilarning nafaqat so‘zlari balki, xatti-harakatlari, yuz
ifodasi, tovushidagi intonatsiyalarni o‘qiy olish zarurligi haqida xulosa
chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: