113
vakillari. Olimpiada kimning maktabida o‘tishi hozirgi sizning
harakatingizga bog‘liq. Har bir tomondagi o‘quvchi iloji boricha
qarshisidagi sherigini har xil va’dalar, takliflar bilan o‘z tomoniga og‘dirib
olishga harakat qilishi kerak. Lekin bu muloqot so‘zsiz — imo-ishoralar
yordamida o‘tishi kerak. Qaysi tomonga o‘tilsa, olimpiada shuning
maktabida o‘tadi. Buning uchun sizga ikki minut vaqt beriladi".
O‘kuvchilarning muloqoti tugagandan so‘ng bajarilgan vazifa tahlil
etiladi. Ishtirokchilar joylariga o‘tirganlaridan so‘ng boshlovchi bo‘lib
o‘tgan еchim variantlarini flipchartga yozadi. Ushbu muzokaradagi
munosabatlar quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1. A B. A tomon B tomonga o‘tadi va B joyida qoladi.
Munosabatlarning bu turi B nuqtai nazaridan qaraganda raqobat deb
ataladi.
2. A B. A tomon joyida qoladi, B tomon esa A tomoniga o‘tadi. B
nuqtai nazaridan qaraganda bu xil munosabat yon berish deb ataladi.
3. A B. A ham B ham bir-birlarining tomoniga o‘tishmaydi va o‘z
joylarida qolishadi, bu xil munosabat passivlik, ya’ni masalani hal etishdan
qochish deyiladi.
4. A B. To‘rtinchi munosabat tipi kompramist deb ataladi.
Bizning misolimizda olimpiada 3-bir maktabda o‘tkazilishi taklif etiladi.
5. A B. Bu munosabat turi hamkorlik deb ataladi. Va bunda muammo
ikkala tomonning manfaatlari hisobga olingan holda hal etiladi. Ya’ni
olimpiadaning bir kuni bir maktabda, ikkinchi kuni esa ikkinchi maktabda
o‘tadi. Bu holda ikkala tomonning qiziqishlari qondiriladi. Va hech qaysi
tomon o‘zini kamsitilgan deb his etmaydi.
Bu mashq xulosasiga ko‘ra, muloqotning hamkorlik uslubi eng
samarali va konstruktiv bo‘lib hisoblanadi.
Mashg‘ulotning ikkinchi yarmi nizoli vaziyatlarni hal etishga
qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilardan biron-bir nizoli, muammoli vaziyatni
aytish so‘raladi. Ushbu nizoli vaziyatning turli еchimlari o‘quvchilardan
so‘raladi va har bir taklif etilayotgan variant biron munosabat turiga
taalluqli deb topiladi. Odatda, muammoli vaziyat еchimlaridan
hamkorlikka taalluqli bo‘lgan variant nizoni hal etishdagi konstruktiv yo‘l
bo‘lib hisoblanadi. Bir necha nizoli vaziyatlarni tahlil etish orqali
o‘quvchilardan ushbu xulosa mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: