Birinchi vaziyat: agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi — sust
holatdagi va o‘zi yaxshi tanimaydigan odamdan katta miqdordagi pulni
qarz so‘rayapti.
Ikkinchi vaziyat: Agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi — o‘ziga
ishongan va e’tiroz bildirayotgan odamni spirtli ichimlik ichishga
undayapti.
6.
Ishtirokchilar orasidan ko‘ngilli bir kimsa chaqiriladi va unga
guruhdan sir tutilgan holda u o‘ynashi lozim bo‘lgan rol va shu rolga
taalluqli vaziyat aytiladi. Boshlovchi bu vaziyatda o‘ziga ishongan
105
odamning rolini o‘ynasa, guruhning boshqa a’zosi ko‘ngilli bo‘lib
agressiv hulqli kimsaning rolini o‘ynaydi.
Shunisi ahamiyatliki, boshlovchi ishtirokchilar orasidan guruh
liderlarini va guruh a’zolari yoqtirmaydigan bolalarni ajrata bilishi,
tabiatdan agressiv va sust xulqli ishtirokchilarni aniqlab olishi zarur. Bu
hol ko‘ngillilarni aniqlashda juda muhimdir — agressiv xulqli o‘smirlarga
sust yoki o‘ziga ishongan xulqli rollarni taqdim etgan ma’qul bo‘lsa, sust
xulqli o‘smirlar o‘ziga ishonganlarning rolini o‘ynashsin.
O‘smir o‘ziga berilgan rolni muvaffaqiyatli ijro etishi yoki ijro eta
olmasligi unchalik muhim emas. Agar bu rolni yaxshi ijro eta olmasa o‘zi
yoki guruh buning sababini muhokama qilishlari mumkin, agarda rol
yaxshi ijro etilsa guruh a’zolari ushbu xulq ko‘rinishi qaysinga tegishli
ekanligini darrov bilib olishadi.
7.
Ishtirokchilar taqdim etilayotgan xulq ko‘rinishlarini
aniqlashadi, o‘z taxminlarini izohlashadi.
"Halokatga uchragan kema" o‘yini
O‘yin boshlanishidan oldin boshlovchi "Javobgarlikning o‘zi nima?
Siz buni qanday tushunasiz?" degan savolni o‘rtaga tashlagani ma’qul.
Boshlovchi o‘quvchilarning javoblarini flipchartga yozar ekan,
o‘quvchilar tomonidan "javobgarlik" so‘zining ma’nosini tushunishga
harakat qilishlarini odilona baholashi va ushbu masala yuzasidan
bildirilgan fikrlar kundalik turmush tarzimizda uchrab turishini ta’kidlab,
so‘ng javoblarni qo‘shimcha yangi misollar bilan yanada boyitishga
harakat qilishi lozim.
Bu o‘rinda boshlovchi "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da javobgarlik
so‘ziga qanday tarif berilganligini aytib o‘tishi mumkin. Lekin lug‘atdagi
so‘zning ma’nosi faqat bir tushuncha bilan kifoyalanib qolmaydi. Undagi
"javobgarlik" tushunchasining izohidan tashqari o‘z zimmasiga olingan
"javobgarlik mas’uliyati", "javobgarlikni o‘z zimmasiga olish", o‘z
bo‘ynidan javobgarlikni soqit qilish, javobgarlikka tortish, javobgarlik
kimgadir "tushyapti" kabi javobgarlikka taalluqli umumiy tushunchalar
izohi bilan ham yaqindan tanishtirib o‘tishi kerak.
Lug‘atda "javobgarlik" so‘ziga, biror narsaga javob berish, bo‘yin
egish, kafil bo‘lish, qarzni uzish kabi ma’nolar singdirilgan.
Alohida iqtidorli o‘quvchilar uchun "javobgarlik" so‘zining ma’nosi,
uning kelib chiqishi (etimologiya) bilan yaqindan tanishtirib, o‘zagi
"javob"dan iborat "javobgarlik" so‘zi o‘zbek tilida qadimdan mavjud
ekanligini, ba’zi tillarda shu jumladan rus tilida "javobgarlik" so‘zi XIX asr
106
oxirida paydo bo‘lganligining qayd etilishi, so‘zning ahamiyatini va unga
bo‘lgan e’tiborini yanada oshiradi.
Suhbat mavzusiga nisbatan o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish
maqsadida, so‘zga tegishli izoh bermasdan avval, o‘rtaga "Javobgarlik"
so‘zi qanday kelib chiqqan? U qanday paydo bo‘lgan? Qani kim javob
beradi?", — deb savol tashlash o‘rinli.
"Javobgarlik" so‘zi tushunchasi hakida to‘la-to‘kis ma’lumot
berilganidan so‘ng, "o‘z zimmasiga javobgarlik olish"ning ahamiyati qayd
etiladi, keyin boshlovchi tomonidan o‘quvchilarga ushbu sifatni
shakllantirish mashqini taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mashqni
bajarish uchun o‘qituvchi tomonidan quyidagi yo‘riqnoma beriladi:
"O‘zingizni Tinch okeanida yaxtada suzib ketayotgandek xis qiling.
Yong‘in tufayli yaxtaning va yuklarning ko‘p qismi nobud bo‘ldi. Yaxta
asta-sekin cho‘ka boshlaydi. Zarur jihozlarning ishdan chiqqanligi sababli
siz turgan joy noaniq. Yaqin quruqlikdan taxminan janubiy-g‘arbiy
yo‘nalish bo‘yicha 1000 km. masofada turibsiz. Bu holatdan qanday
chiqish mumkin?
Quyida yong‘indan so‘ng butun qolgan va ziyon ko‘rmagan 14 ta
jihozning ro‘yxati berilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda ixtiyoringizda
eshkagi bor pufakli qayiqcha ham saqlanib qolgan. U ekipaj a’zolarini
saqlash imkoniga ega.
Shuningdek, bunday holatlarda juda zarur
bo‘lgan 4 ta narsa ham omon qolgan. Bular bir quti sigaret, bir necha quti
gugurt va 5 ta qog‘oz pul.
Har biringizga 15 minutdan vaqt beriladi. Shu vaqt ichida okeanda siz
o‘zingiz uchun hamda boshqalar uchun javobgarlik mas’uliyatini his
etishingiz kerak. Pastda berilgan 14 ta jihozdan hayot uchun zarur bo‘lgan
4 ta narsani aniqlash lozimki, bu jihozlar yordamida cho‘kayotganlarni
ham qutqarish mumkin bo‘lsin. Bunday tanlash jarayonida eng muhim
hisoblangan jihoz 1-o‘ringa, keyingi muhim jihoz 2-o‘ringa undan
keyingisi 3-o‘ringa va h.k. qo‘yiladi.
Bu usul yordamida mavjud barcha jihozlarning o‘rni belgilanadi.
Oqibatda, 14-o‘rinni unchalik ahamiyatiga ega bo‘lmagan jihoz egallaydi.
Endi quyidagi 14 ta jihozni o‘z o‘rniga qo‘yishingiz kerak bo‘ladi.
Bunda aslo siz o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun javobgarlik vazifasini
olayotganligingizni
unutmasligingiz
kerak".
Shundan
keyin
ishtirokchilarga quyidagi jihozlar ro‘yxati havola etiladi.
1. Kompas.
2. Soqol olish uchun ko‘zgu.
3. 5 litrli suv idish.
107
4. Baliq tutadigan to‘r.
5. Tinch okeani xaritalari.
6. Davo to‘ldirilgan yostiq.
7. 2 litrli neft va gaz aralashmasi idishi.
8. Kichik tranzistrli radio.
9. Akulalarni qo‘rqituvchi jihoz, rapellent.
10. Yomg‘ir suvini yig‘ish uchun katta yuzali timqora plastik
(kleenka).
11. Bir necha 80 li Puerto-riko romi.
12. Ikki quti shokolad.
13. 25 metr neylon yo‘g‘on arqon.
14. Bir yashik konserva.
O‘quvchilar tomonidan tegishli jihozni ajratib olish jarayoni
bajarilgach, bir qarorga kelib olishlari uchun sinfga yana vaqt beriladi.
O‘quvchilar berilgan vazifani alohida-alohida bajarib bo‘lishganidan so‘ng,
birgalikda hayot uchun yordam beradigan 4 ta asosiy jihozni tanlab
olishlari kerak bo‘ladi.
Ularning umumiy bir to‘xtamga kelishi osonroq bo‘lishi uchun
o‘quvchilarga quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
– o‘zini sportchi shaxsiy fikrini himoya qilishdan ehtiyot bo‘lish, ya’ni
o‘zini ustun qo‘ymasdan, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan yagona
qarorga ko‘ra javobgarlikni olish;
– bu qiyin bo‘lsa, umumiy qarorning ma’qul jihatlarinigina
qisman qabul qilish;
– qaror qabul qilinishida yordam beradigan turli fikrlarni
ko‘rib chiqish.
Butun guruh yuqorida qayd etilganlarining eng muhimlarini
tanlaganidan keyin, sportchi shaxsiy natijalarni guruh natijalari bilan
solishtirish va tegishli jihozlarni tanlab olgan betaraf guruh fikri bilan
qiyoslash foydadan holi bo‘lmaydi.
Betaraf guruh tomonidan tanlab olingan jihozlar quyidagilardan
iborat:
1. Soqol olish uchun ko‘zgu: u havo va dengiz qutqaruvchilari uchun
signal berish vazifasini o‘taydi;
2. Gugurt yoki pul bilan yoqish mumkin bo‘lgan neft va gaz
qorishmasining ikki litrli idishi. Bu ham qutqaruvchilar
e’tiborini tortadigan vositalardan biridir;
3. Chanqoqni qondirish uchun besh litrli suv idishi;
4. 1 yashik konserva.
108
"Kemaning halokatga uchrashi" mashg‘uloti tugaganidan keyin
boshlovchi o‘z zimmasiga javobgarlik mas’uliyatini olish og‘ir paytlarda
yuzaga kelmay, bu sifat har bir kishining oilaviy hayotida, kundalik
turmush tarzining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lishi lozimligini alohida
qayd etadi.
Dostları ilə paylaş: |