118
nomini aytish lozim (Masalan Rashid — rostgo‘ylik, Murod — mardlik va
hokazo).
"Juftlik asosida tanishuv"
Ishtirokchilar juft-juft bo‘lib 10 minut davomida bir-birlariga o‘zlari
haqida ma’lumot beradilar. Keyin ulardan biri ishtirokchilar bir-birlarini
tanishtirgunlariga kadar davom etadi.
Ahillashtiruvchi o‘yinlar
"Botqoqlik o‘yini"
Buning uchun kartondan yasalgan o‘rtacha kattalikda "likopchalar"
kerak bo‘ladi. Ularning soni 9 ta bo‘lishi kerak. Guruh a’zolari qator
bo‘lib, birin-ketin tarelkalarga oyoq qo‘yib botqoqlikdan o‘ta boshlaydilar,
atrofda esa (ikkinchi guruh a’zolari) qaroqchi timsohlar yuradi. Timsohlar
tarelkalarni olib qo‘yishga shay turadilar, maqsad har bir guruh a’zosi
tarelkalardan oyoq uzmasligi, hech bo‘lmaganda bir oyoqning uchi bilan
ularni bosib turishi kerak. Agar guruh a’zolari ittifoq bo‘lib harakat
qilsalar, mag‘lubiyatsiz botqoqlikdan o‘tadilar, bironta likopchani
timsohga bermaydilar.
Dostları ilə paylaş: