Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
 
 
 


99 
Trening davomida foydalaniladigan mashq va o‘yinlar. 
Oilaviy tasavvurlarning shakllanishiga ko‘mak beruvchi o‘yinlar 
"Oila xaqidagi afsonalar" 
Maqsad: O‘smirlarning oilaviy hayotga oid keng tarqalgan lekin 
noo‘rin "afsonaviy" fikrlarga munosabatini aniqlash va ularda mustaqil 
fikrlar va qarashlarni shakllantirish. 
 
Materiallar: 
"Qo‘shilmayman", 
"Qo‘shilaman", 
"Qisman 
Qo‘shilaman", "Bilmayman" kabi yozuvlar. 
 
O‘yin davomiyligi: 20-25 min. 
 
O‘yinning borishi
1. Xonaning turli tomonlariga "Qo‘shilmayman", "Qo‘shilaman", 
"Qisman qo‘shilaman", "Bilmayman" yozuvlari yopishtirib chiqiladi. 
2. O‘smirlarga oilaviy hayotga oid hodisalarni aks ettiruvchi va omma 
orasida keng tarqalgan g‘ayritabiiy fikrlar — "afsona"larni o‘qib 
eshittiriladi. Bolalar bu fikrlarga qo‘shilish yoki qo‘shilmasliklarini 
devordagi yozuvlar yoniga borib turishi orqali namoyon etadilar. Shundan 
so‘ng ular o‘z tanlovlarini asoslab, izohlab beradilar. Boshlovchi har 
tomondagi o‘smirlarning fikrlarini boshqa o‘smirlarni bahsga jalb etgan
holda muhokama qiladi va guruhiy munozara orqali o‘quvchilarni to‘g‘ri 
javob sari еtaklaydi. 
3. Jinslar o‘rtasidagi tenglik, oilaviy hayotdagi poklik va insondagi
ma’naviy еtuklik haqidagi tushunchalar majmuasi quyidagicha 
bo‘lishi mumkin: 
1) Oilada doimo erkak kishi xo‘jayin; 
2) Ayol kishi hech qaerda ishlamay uyda o‘tirishi kerak. 
3) Oilaga pul topib kelish faqat erkak kishining ishi. 
4) Xotin erining ruxsatisiz hech qaerga chiqa olmaydi. 
Boshlovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra bu ta’riflar yoniga boshqalarini 
o‘ylab topib qo‘shishi ham mumkin. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin