Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Kesishni mexanizatsiyalish



Yüklə 6,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/50
tarix28.11.2023
ölçüsü6,53 Mb.
#167487
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
ЧИЛАНГАРЛИК ИШИ

Kesishni mexanizatsiyalish 
Kesish ish xajmi katta bo‘lgan hollarda kesish operatsiyasi 
mexanizatsiyalashtiriladi. Bu maqsadda pnevmatik bolg‘alar ishlatiladi. Xozirgi 
kunda maxsus kesuvchi toshlar bilan jixozlangan elektr tokida ishlovchi kesish 
mashinalari (bolgarka) dan ham keng foydalaniladi.
List va po‘lat taxta materiallarni egish usulida detallar tayyorlash 
Metallga jismoniy kuch ishlatib, uning shaklini o‘zgartirishga egish deyiladi. 
Chilangarlikda buyumlarni giraga qisib yoki sandonga qo‘yib, bolg‘ada zarb berish 
orqali shakli o‘zgartiriladi. Yupqa listlar to‘qmoq bilan diametri 3 mm gacha 
bo‘lgan simlar esa ploskogubtsa yoki ombir bilan egiladi. Plastik materiallar 
egilishga moyil bo‘ladi.
Detallarni egishda to‘g‘rilagich, egish mashinalari (presslar)dan 
foydalaniladi. Egish quyidagicha amalga oshiriladi: ikkita qo‘zg‘almas tayanchda 
erkin yotuvchi zagotovkaga eguvchi zagotovkaga eguvchi kuch (zarba) ta’sirida 
egiluvchi kuchlanish hosil qilinadi. Agar bu kuchlanish materiallarning 
qayishqoqlik chegarasidan oshmasa, zagotovka olgan shakl o‘z asliga qaytsa 
bunday material egilmagan hisoblanadi. Egishning mohiyati shuki, zagotovkaga 
berilgan yangi shakl o‘zgarmasdan qolishi, buning uchun egish kuchlanishi 
materialning qayishqoqligidan kuchliroq bo‘lishi kerak. To‘g‘ri burchak ostida 
egilishi kerak bo‘lgan detallar uchun material qalinligida 0,5-0,8 mm qo‘yim 
qoldiriladi. 
Burchaklikning 
ichki 
tomonlari uzunligini qo‘shib detal 
zagotovkasining yoyilmasini hosil qilish burchaklik va tutqichning ichki to‘g‘ri 
burchaklari ko‘rsatilgan. 
Dastakli qaychi va qo‘larra bilan qirqish. 
Yumaloq, kvadrat, tasma va list materiallarni qirqish 
Materiallarni qismlarga bo‘lish yoki ortiqcha qismlarini olib tashlash qirqish 
deb ataladi. Bu jarayonni qirindi yunib ham, qirindi yo‘nmay ham bajarish 
mumkin. Qirindi yo‘nib qirqishda quyidagi asboblar: dastaki arra, qirquvchi arra, 
stanoklar, metall arralar, metall qirqish stanoklari: tokarlik, frezalash, jilvirlash 
stanoklari, gaz yordamida payvandlish qurilmasi, elektr payvandlash qurilmasi 
ishlatiladi. Qirindi yo‘nmay qirqishda materiallar dastaki, richagli va mexanikaviy 


40 
qaychilar, o‘tkir jag‘li ombirlar, truba qirqichlar, press qaychilar, shtamplar bilan 
qirqiladi. Dastaki arralar bilan ko‘ndalang o‘lchami 60-70 mm gacha bo‘lgan 
metallar va boshqa materiallarni qirqish mumkin. Ular arra ramkasi va arra 
polotnosidan iborat bo‘ladi.
Qirqish qoidalari. Qirqiladigan zagatovkani tiskiga juda puxta mahkamlash 
kerak, aks xolda qirqish paytida surilib ketib, polotnoni sindirishi mumkin. Arrani 
oldinga yurgizish paytida, ya’ni ish yo‘lida arra ikkala qo‘l bilan bosiladi, bunda 
chap qo‘lning asosiy kuchi bosishga, o‘ng qo‘lning asosiy kuchi esa arrani 
oldignga surishga sarflanadi. Arrani orqaga, ya’ni salt yurgizganda u bosilmaydi. 
Arrani ravon va bir me’yorda yurgizish kerak. Materialning qattiqligiga qarab arra 
kuchliroq yoki kuchsizroq bosiladi. Ishqalanishni kamaytirish uchun arra 
polotnosini mineral moy bilan moylash mumkin.
Dumaloq, kvadrat, olti yoqli chiviqlarni arralashda arra gorizontal ushlanadi, 
dekin bunda polotno yo‘lida o‘tkir burchaklari uchramasligi kerak. etadi.
Dastaki qaychilar bilan yupqa listaviy material: 0,5-0,7 mm qalinlikdagi 
po‘lat, tombop tunuka, 1,5 mm gacha qalinlikdagi rangli metallar qirqiladi. 
Qaychilar chapaqay va o‘ngaqay bo‘ladi. Asosan o‘ngaqay qaychilar ishlatiladi, 
ularda pastki tig‘ning qiyaligi o‘ng tomonda yotadi. CHapaqay qaychilar bilan egri 
chiziqli detallar detallar qirqiladi. Egri tig‘li qaychilar list va trubalarda shakldor 
teshiklarni ochish uchun ishlatiladi.
Richagli qaychilar bilan 4 mm gacha qalinlikdagi listaviy metallni qirqish uchun 
ishlatiladi. 

Yüklə 6,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin