83
o‘rtacha tezligini o‘lchash; b) vaqtning shu oralig‘idagi oniy shamol tezligining
maksimal qiymatini aniqlash (kuchayuvchi shamol tezligi); v) 2 daqiqa ichidagi
shamolning o‘rtacha yo‘nalishini aniqlash. Shamol tezligi va yo‘nalishini uzluksiz
qayd qilib borish uchun
anemorumbograflardan
foydalaniladi. Ular yordamida
shamol tezligining 1 soat ichidagi o‘rtacha qiymati, oniy tezlikning 1 soat ichidagi
maksimal qiymati va 1 soat ichidagi o‘rtacha tezlikka mos keluvchi shamol yo‘nalishi
aniqlanadi.
Shamol
tezligi
datchiklarining
konstruksiyasiga
bog‘liq
ravishda
anemometrlarning quyidagi turlari ajratiladi:
-
havo oqimining bosimini qayd etuvchi plastinka yoki boshqa shakldagi
jism (flyuger, shamol o‘lchagich);
-
shamol ta’sirida vertikal o‘q atrofida aylanuvchi bir nechta kosa yoki
parraklardan tashkil topgan tizim (rotoanemometrlar, parrakli anemometrlar)
-
harorati atrofdagi havo haroratidan farq qiluvchi jismlar (issiqlik
anemometrlari).
Dostları ilə paylaş: