Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Shamol eletrostansiyasini joylashtirishning yaxshi va yomon



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Shamol eletrostansiyasini joylashtirishning yaxshi va yomon 
variantlari. 
 
4.11. Hududdagi shamolning tezligini aniqlash usullari 
Shamolning tezligini aniqlashning bir qancha usullari mavjud. 
1 – usul. Internet tarmog‘i va rasmiy manbalardan olingan ma’lumotlar. 
Internet tarmog‘ida bir qancha saytlar mavjud bo‘lib ulardan yer yuzining 
xohlagan hududidagi shamolning tezligi va bosimi haqida ma’lumotni olish mumkin, 
masalan
http://firstlook.3tier.com
 .
Saytlarda yer yuzasidan 20, 50 va 80 m balandlikdagi shamolning 
ko‘rsatkichlari haqida bepul ma’lumotlar berilgan. 
2 – usul. Meteoxizmat va mahalliy aeroportdan olingan ma’lumotlar.
Shamolning tezligi va bosimi haqidagi ma’lumotlarni so‘rab mahalliy 
aeroportning meteoxizmat bo‘limiga murojaat etish mumkin. Shuni esdan 
chiqarmaslik kerakki, aeroportning meteoxizmati bergan ma’lumotlar o‘ziga xos 


104 
jihatlarga ega. Bularga o‘rtacha ko‘rsatkichlarda berilgan ma’lumotlar va o‘lchash 
ballandligi ko‘rsatkichlarini kiradi. 
O‘rtacha ko‘rsatkichlar.
Odatda meteoxizmat xodimlari tomonidan shamolning 
tezligi, bosimi haqidagi sutka mobaynidagi ma’lumotlar to‘planadi, umumlashtiriladi 
va o‘rtacha ko‘rsatkichga keltirib taqdim etiladi. 
Faqat ushbu ma’lumotlarni sizning hududingiz uchun qo‘llash hamma vaqt ham 
to‘g‘ri emas. Asboblari o‘lchash joyidan 30 … 50 m ga ko‘chirilsa shamolga oid 
ma’lumotlar ham keskin o‘zgarishi mumkin. Agar masofa 2 … 5 km ga o‘zgarsa 
ushbu ma’lumot o‘z kuchni yo‘qotadi. Yana bir sabab meteoxizmat o‘lchash 
asboblari o‘rnatilgan joydagi yer yuzi landshaftining shamol qurilmasini quriladigan 
joydan farq qilishi ham sabab bo‘ladi.
O‘lchash balandligi.
Shamolning tezligi balandlikka bog‘liq holda o‘zgaradi. 
Meteoxizmat tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar odatda 10 m balandlikdan 
olingan. Shu sababli, o‘lchash balandigini shamol qurilmasi talab etadigan balandlik 
uchun olish kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin