Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Kir yuvish mashinalari
uy xo‘jaligidagi eng mehnattalab jarayonlarni 
bajaradi. Elektr energiya iste’mol qilish nuqtai nazaridan, ulanishi va uzilishi qat’iy 
dastur bo‘yicha amalga oshiriladigan avtomatik mashinalar hisoblanadi. Shu bilan 
birga kam miqdordagi kir yuvish zarurati tug‘iladi. Bu maqsadlar uchun uyda kichik 
gabaritli kir yuvish mashinasi bo‘lishi kerak. «Malyutka» nomli kir yuvish mashinasi 
engil, kam joy egallaydi, tez va toza yuvadi, energiya esa 200 Vt lik lampochkadan 
ko‘p kerak bo‘lmaydi. «Mitti» mashinasini bitta yuklash hajmi – 2 kg quruq kir 
hisoblanadi. 
Maishiy konditsionerlar 
yopiq binolarda harorat va namlikni avtomat tarzda 
ushlab turish uchun xizmat qiladi. Sovutilgan havo bilan 25; 30; 35 m
2
va ko‘proq 


38 
yuzaga ega binolarni ta’minlashga mo‘ljallangan katta miqdordagi konditsionerlar 
ishlab chiqariladi. Havo almashinishi bo‘yicha ularning unumdorligi mos ravishda 
700, 
750; 
1000 
m
3
/soat 
va 
ko‘proq DEU firmasining mukammalroq 
konditsionerlaridagi iste’mol quvvati 500 Vt va undan ko‘proq. 
Qolgan elektr priborlarning quvvati yoki juda kichik yoki ularni ish tartibi 
epizodik bo‘lib, u yil davomida kam energiya sarflaydi va ularni quvvat tavsiflarini 
tanlashda ikkinchi darajali qilib qo‘yadi. 


39 
3. KICHIK SUV OQIMLARI ENERGIYASIDAN FOYDALANISH 
3.1. Kichik va mikro gidroelektostansiyalarning turlari hamda 
klassifikatsiyasi
Hozirgi kunda jamiyatning rivojlanishini uning energiya bilan ta’minlanganligi 
belgilaydi. Ammo energiya iste’molining kundan-kunga oshib borishi hamda uni 
ishlab chiqarish uchun organik yoqilg‘ilardan foydalanish, atrof-muhitni global 
ifloslanishiga olib kelmoqda va natijada insoniyat hayotiga jiddiy xavf solmoqda. 
Shuning uchun hozirgi kun energetikasining dolzarb masalalaridan biri, ekologik 
toza, qayta tiklanadigan noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishdir. 
Mamlakatimiz hududi asosan tog‘ oldi va tekislik rayonlarida joylashgan. 
Shuning uchun bu hududlarda katta GESlar qurishning imkoni yo‘q. Chunki katta 
GESlarni doimiy ishlashi uchun daryolarga to‘g‘onlar qurish hamda hosil bo‘lgan suv 
omborlarida juda katta suv hajmini yig‘ish zarur. Natijada juda katta hududlar suv 
ostida qolib ketadi.
Shuning uchun mamlakatimizda asosan meliorativ tarmoqlar(magistral, 
xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik tarmoqlaridagi kanallar, kollektor-zovur tizimlari, suv 
omborlari, sel-suv omborlari, soylar, buloqlar va boshqalar)ga, irrigatsiya rejimida 
ishlaydigan kichik va o‘rta GESlar qurib ekspluatatsiya qilinmoqda. 3.2-rasmda 
daryo hududlarining bo‘linishi va ularga (GESlar uchun) qurilgan suv omborlari 
hisob sathlarining yoyilish uzunliklari ko‘rsatilgan.
Mamlakatimizning nazariy jihatdan bir yillik umumiy gidroenergetik 
imkoniyati quyidagicha: 
1. Yillik umumiy (yoki nazariy) giroenergetik potensial-88,5 mlrd. kVt

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin