44
To‘g‘onli sxemada, to‘g‘on bilan daryo o‘zani berkitiladi va suv sathi yuqoriga
ko‘tariladi hamda yuqori va pastgi bef (P.B.) suv sathlari farqi miqdorida bosim hosil
qilinadi.
Katta nishabli tog‘ daryolarida bosim derivatsiya kanali yordamida hosil
qilinadi. Daryo o‘zani uncha baland bo‘lmagan to‘g‘on bilan bekitiladi va suv
derivatsiya kanali hamda uning oxiridagi bosimli
basseynga joylashgan bosim
quvurlari yordamida turbinalarga uzatiladi.
3.2.2. Mikro GES turlari va ularning ish rejimi
O‘zbekistondagi mavjud gidroelektr stansiyalarning aniqlangan quvvati 1,7
GVt dan ortadi. Bu har yili 6 TVt soat arzon energiya ishlab chiqarish imkonini
beradi. Hozir respublikada qariyb 30 MVt quvvatga ega oltita yangi katta va kichik
gidroelektr stansiyasi barpo etilmoqda. Umumiy quvvati 520 MVt
dan
ortiq yana
to‘qqizta, jumladan, yirik Piskom gidroelektr stansiyasini (400 MVt) qurish bo‘yicha
takliflar tayyorlandi.
O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadigan 650 ta daryo, ko‘plab irrigatsiya
kanallari va suv omborlarining resurslari bir yilda 21 TVt
soat elektr energiyasini
ishlab chiqaradigan ko‘plab gidroelektr stansiyalar barpo etish uchun texnik
imkoniyatlarni ta’minlaydi. Ushbu elektr energiyasi quvvati mikrogidroenergetika
salohiyati aniqlangandan so‘ng yanada oshishi mumkin.
Kichik va mikrogidroelektr stansiyalar elektr ta’minoti tarmog‘idan
foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan olis tumanlarda qo‘llanilishi mumkin. Ayni
paytda mahalliy korxona va tashkilotlar
GESlar uchun uskuna ishlab
chiqarmayotgani va asosan qurilish-montaj ishlarini bajarayotganiga qaramay, temir
konstruksiyalar, kabellar, simlar, nazorat-o‘lchash asboblari, akkumulyatorlar, boshqa
ayrim butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati mavjud.
Kelajakda mikro va kichik gidroelektrostansiyalar uchun uskunalar,
jumladan, ayni paytda O‘zbekistonda foydalanilayotgan turli xil turbinalar o‘rniga
kuchli bosim va quvvatga ega ko‘ndalang-purkovchi turbinalarni shu erda ishlab
45
chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin.
Mikro GES gidravlik elektrostansiyalar sinfiga taalluqli bo‘lib, quvvati 100
kVt gacha bo‘ladi. Biroq energiyani o‘zgartirishning
fizik jarayonlari katta
quvvatdagi GES bilan bir xil bo‘lib ayrim farqli tomonlari mavjud.
Energiya tizim tarkibidagi ishlaydigan katta quvvatli GESdan farqli ravishda
mikro GES ko‘pchilik holatda mayda cheklangan iste’molchilarni (ya’ni
markazlashtirilgan energiya ta’minotidan uzoqdagi ob’ektlarni) ta’minlashda
foydalaniladi. Yirik GES ni qurishda xarajatlarning asosiy qismnii gidrotexnik
inshootlarning tannarxi tashkil etadi. Mikro GES uchun
damba inshootlarini qurish
shart emas.
Qoidaga muvofiq, ruslovaya (o‘zanli) yoki derivatsion (suvni asosiy o‘zandan
tarmoqlab olish)
sxemalardan foydalaniladi (3.7-rasm).
a –
derivatsion (suvni asosiy o‘zandan
tarmoqlab olish)
b
- ruslovaya (o‘zanli)
3.7-rasm.
Dostları ilə paylaş: