46
quvurga beriladi va foydalanganidan so‘ng gidroturbina orqali daryoga beriladi. Bu
qurilishga sarflanayotgan kapital chiqimlar atrof muhitga minimal ta’sir
ko‘rsatadigan holda amalga oshiriladi.
Mikro GES da ishlatiladigan gidroturbinalarning har xil turlari mavjud: o‘qli,
diagonalli, cho‘michli, ko‘ndalang suyrili, tez oqimli (tizzillatib suvni otuvchi) va
hakozo. Bunda hamma gidroturbinalar ish jarayoniga ko‘ra 2 ta asosiy turga – aktiv
va reaktiv turbinalarga bo‘linadi.
Aktiv (erkin oqimli) turbinalar saplodan erkin chiqib ketayotgan oqim kinetik
energiyasidan, reaktiv (naporli tez oqimli) turbinalarda asosan oqimning potensial
energiyasidan foydalaniladi. MikroGESlar turbinalarining eng ko‘p
tarqalganlari
Pelton, Frensis, Kaplan, Banka bo‘lib, ular o‘z parametrlariga ega.
MikroGESning kapital chiqimlari foydalanilayotgan suv naporiga bog‘liq
bo‘lib, yuqori naporli MikroGESlar tog‘li rayonlar uchun qulay.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra mikroGESlarning o‘zini qoplash harajatlari 3-5
yilni tashkil etadi. Gidroturbinalardan tashqari mikro GES tarkibiga elektrik
generator, chiqish kuchlanishini stabillashtiruvchi tizim
va bir qancha elementlar
kiradi.
Ma’lumki, turbinalar turini tanlash uchun ularning yig‘ma grafiklari
shakllantiriladi. Yig‘ma grafiklar
maydonida berilgan bosim, suv sarfi va quvvatga
nisbatan gidroturbinalarning turlari joylashtiriladi. 3.7-rasmda MNTO INSET
birlashmasi
tomonidan
kichik quvvatli turbinalar va mikroGESlarni tanlash uchun
tayyorlangan diagramma keltirilgan. Yig‘ma grafikning
eng kichik bosim va suv
sarflarida parrakli gidroturbinalar hamda parrakli turbinali kichik GESlar joylashgan.
Ularning quvvati 1 kVt dan 1 000 ÷ 1 200 kVt oralig‘ida joylashgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu gidroturbinalar uchun boshlang‘ich
bosim
1,8 m dan boshlanib 30 m da tugaydi (3.8-rasm). Bunday gidroturbinali agregatlar,
ayniqsa, irrigatsiya tizimlaridagi bosimi kichik kanallarga o‘rnatish uchun juda qulay.