51
Radial-o‘qiy turbinalar vertikal hamda gorizontal holatlarda o‘rnatilishi
mumkin. 3.9-rasmda MNTO INSET
birlashmasida tayyorlangan
hamda vertikal va
gorizontal o‘rnatiladigan radial-o‘qiy turbinalar ko‘rsatilgan. Radial-o‘qiy
turbinalar
asosan konussimon so‘rib ketish quvurlari bilan jihozlanadilar. 3.10 va 3.11 -
rasmlarda konussimon so‘rib ketish quvurlari bilan jihozlangan, gorizontal
(3.10. a
va
3.11
-rasmlar
)
hamda vertikal (3.10.
b
-rasm) o‘rnatilgan radial-o‘qiy turbinalar
ko‘rsatilgan.
3.11-rasm.
Gorizontal radial-o‘qiy turbinalar o‘rnatilgan kichik GES
binosining ko‘rinishi.
3.2.5. Aktiv-cho‘michli turbinalar (Pelton turbinasi)
Aktiv-cho‘michli turbinalar sekin yuruvchi turbinalar sinfiga mansub bo‘lib,
uning ishchi g‘ildiragi pastki bef sathidagi erkin havo bo‘shlig‘ida
joylashadi va
faqatgina kinetik energiyaga ega bo‘lgan suv oqimi erkin
holatda atmosfera bosimi
ostida ishchi g‘ildirakka kelib uriladi. Shuning uchun ba’zi
bir vaqtlarda aktiv
turbinalarni erkin oqimli turbinalar ham deb atashadi.
52
Yirik cho‘michli turbinalar asosan yuqori - 40÷2000 m bosimlarda qo‘llaniladi.
MNTO
INSET
birlashmasi, mikro va kichik GESlarda foydalanish mumkin bo‘lgan
quyidagi ko‘rsatgichli turbinalar hamda mikroGESlarni ishlab chiqaradi.
Kichik
quvvatli turbinalar va mikroGESlarni tanlash diagrammasi (3.2-rasm) hamda 3.3 va
3.4-jadvallarda cho‘mich turbinali gidroagregatlar hamda mikrogidroagregatlarning
asosiy parametrlari keltirilgan. Suv oqimi kelib uriladigan cho‘michlar
sonini
ko‘paytirib quvvatni oshirish uchun ikki karrali Banki turbinalari ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: