Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 Radial - o‘qiy (Frensis) turbinasi



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

3.2.4. Radial - o‘qiy (Frensis) turbinasi 
 
 
Radial-o‘qiy turbinalar, ish g‘ildiragiga ichki va tashqi suv uzatuvchi boshqa 
bir qancha turbinalarga qaraganda ilgariroq ishlab chiqilgan edi. 1847-1849 yillarda 
amerikalik gidrotexnik Frensis tashqi suv uzatuvchi turbinaning konstruksiyasini 
yaxshiladi. Uning boshqa olimlar tomonidan yanada takomillashtirilishi natijasida
suv oqimini ish g‘ildiragi ichida burish imkonini beradigan radial-o‘qiy turbinaning 
yaratilishiga olib keldi. 
MNTO INSET
 
birlashmasida, kichik GESlar uchun bir qancha turdagi radial-
o‘qiy turbinaning 3.2-jadvalda keltirilgan turlari yaratilgan.
3.2-jadval. Radial-o‘qiy turbinali gidroagregatlar 
T.R. 
Parametrlari 
Gidroagregat turlari 
1. 
Quvvat, kVt 
950 gacha 
550 
3300 
5600 
2. 
Bosim, m 
30÷100 
25÷55 
70÷120 
100÷160 
3. 
Suv sarfi, m
3
/s 
0,4÷1,25 
0,4÷1,3 
0,6÷3,2 
1,5÷4,0 
4. 
Turbina rotorining aylanish 
tezligi, min
-1
1000; 1500 
1000 
600; 750; 
1000 
750; 1000 
5. 
Nominal kuchlanish, V 
400; 6000 400; 6000 
6000; 
10000 
6000;10000 
6. 
Elektr tokining nominal 
chastotasi, Gs 
50 
50 
50 
50 


50 
Radial-o‘qiy turbinalarning bosimli quvurida gidravlik zarb hosil bo‘lish 
ehtimoli bor. Generatorda halokat yuz berganida yoki yuklama birdan tushib 
ketganda yo‘naltiruvchi parraklar suv sarfini kamaytiradi va hosil bo‘lgan gidravlik 
zarb natijasida quvur yorilib ketishi mumkin. Falokatlarni yo‘qotish uchun radial-
o‘qiy turbinalar bosim o‘zgarib turganda spiral kameradan suvni tashlab yuboruvchi 
va saqlovchi salt tashlagichlar bilan ta’minlanadi. 
Yuqori bosimda ishlaydigan radial-o‘qiy turbinalarda ish g‘ildiragi parraklariga 
urilmay oqib o‘tadigan suv miqdorini kamaytirish muhim ahamiyatgan ega. Buning 
uchun bir-biriga ulanadigan qismlar katta aniqlikda tayyorlanadi hamda bosim 
isrofini kamaytiruvchi maxsus tiqinlar bilan jihozlanadi. 
Radial-o‘qiy turbinalarni ishlab chiqarishda, ularni uzoq vaqt va ishonchli 
ishlashini ta’minlovchi, yemirilishga chidamli, maxsus po‘lat materiallardan 
foydalaniladi. 
Radial-o‘qiy turbinali gidroagregatlar, turbinalar va mikro GESlarni tanlash 
diagrammasida 24÷250m li bosimlari, 75÷5000 kVt quvvatlari hamda 300÷4000 l/s 
suv sarfi oraliqlarida ishlashi ko‘rsatilgan 
(3.10-rasm)

a) 
b) 
 
3.10 – rasm.

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin