Qimmatli qog‘ozlar


Korporativ obligatsiyalarning majburiy rekvizitlari



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə13/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Korporativ obligatsiyalarning majburiy rekvizitlari:


  1. Emitentning nomi va uning manzili.

  2. Qimmatli qog‘ozning nomi.

  3. Seriyasi, tartib raqami va chiqarilgan sanasi.

  4. Turi (davlat ichki zayomi, mahalliy zayom obligatsiyasi, korxona obligatsiyasi).

  5. Nashrning umumiy summasi.

  6. Nominal qiymati.

  7. Egasining nomi (egasining nomi yoziladigan obligatsiyalar uchun).

  8. Foiz stavkasi.

  9. Foizlarni to‘lash shartlari va tartibi.

  10. So‘ndirish shartlari va tartibi.

  11. Emitentning rahbari va bosh buxgalterining imzosi.

  12. Ro‘yxatga oluvchi idora tomonidon berilgan obligatsiya kodi va sana.

Korporativ obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror korxona ma’muriyati tomonidan, aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror esa, ijroiya organ (boshqaruv) tomonidan qabul qilinadi. Qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak. Korxonalar tomonidan ustav fondini shakllantirish hamda to‘ldirish, zararlarni qoplash va hokazolar uchun obligatsiyalar chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalarni ustav sarmoyasi hajmining 20 foizidan ortiq bo‘lmagan summada va faqat barcha chiqarilgan aksiyalar to‘liq to‘langanidan keyin chiqarishi mumkin. Mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar bo‘yicha obligatsiyalar chiqarish summasining miqdori respublika fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan belgilanadi.


G‘azna majburiyatlari


O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari - emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablag‘lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar.
O‘zbekistonda g‘azna majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:

  1. Uzoq muddatli – 5 va undan ortiq yil muddatga chiqarilishi mumkin (xalqaro amaliyotda ular BOND degan nomni olishgan).

  2. O‘rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga chiqariladigan (NOTE)

  3. Qisqa muddatli – 1 yilgacha, 3, 6, 9 va 12 oygacha bo‘lgan muddatga chiqariladigan (BILL).

“Uzoq muddatli va o‘rta muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risida”gi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, qisqa muddatlilarni chiqarish qarori esa – Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
O‘z tabiatiga ko‘ra xazina majburiyatlari davlat obligatsiyalariga juda yaqin. Amalda xazina majburiyatlari jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan davlat obligatsiyalaridan boshqa narsa emas, ular bo‘yicha daromadlarni qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida olish mumkin.



Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin