Opsionning majburiy rekvizitlari:
Nomi: "xarid qilish uchun opsion yoki "sotish uchun opsion".
Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqam.
Opsionni ro‘yxatdan chiqarish sanasi.
Opsion emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari.
Emitentning bazis aktivini sotish (xarid qilish opsioni uchun) yoki sotib olish (sotish opsioni uchun) majburiyati.
Opsionning amal qilish muddati yoki ijro etilish sanasi.
Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati.
Emitentning imzosi va muhri.
Opsionlar bilan operatsiyalar qimmatli qog‘ozlarning birja hamda birjadan tashqari bozorlarida amalga oshirilishi mumkin.
OPSION
sotishga (put)
davlat ro‘yxati nomeri va sanasi seriya
ko‘chirma sanasi " " 200 y. nomer
(opsion emitentining nomi, manzili, bank rekvizitlari) sotish majburiyatini oladi*
(opsion sotib oluvchisining nomi, manzili, bank rekvizitlari) yoki uning vorisidan ** bazis aktivni:
turi (ko‘rinishi, kategoriyasi) nominal
1 donasining narxi soni dona.
emitent umumiy baxosi
keyingi muddat uchun: (sana) " " 200__ y. Emitent imzosi:
Korxona rahbari M. O‘. Bosh buxgalter _
* Egasini ismi yozilgan opsionda ko‘rsatiladi.
** Sessiya opsionning orqa tarafida yoki qo‘shimcha varaqda – allonjda ko‘rsatiladi.
OPSION
sotib olishga (call)
davlat ro‘yxati nomer iva sanasi seriya
ko‘chirma sanasi " " 200 y. nomer
(opsion emitentining nomi, manzili, bank rekvizitlari) emitentdan sotib olish majburiyatini oladi*
(opsion sotib oluvchisining nomi, manzili, bank rekvizitlari)
yoki uning vorisidan ** bazis aktivni:
turi (ko‘rinishi, kategoriyasi) _ nominal 1 donasining narxi soni dona.
emitent _ umumiy baxosi
keyingi muddat uchun: (sana) " " 200__ y. Emitent imzosi:
Korxona rahbari M. O‘. Bosh buxgalter _
Opsionning turlaridan biri varrant (varrant ) hisoblanadi.
Varrant – bu uning egasi ma’lum muddat davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish huquqini olganligini tasdiqlovchi hujjat. Shunday qilib, varrantlarni chiqarish bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘lanadi. Varrantning bazis aktivi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning bir nashri faqat varrantning bitta nashriga huquq beradi.
Varrantlar muomalaga chiqarilgan va uchinchi shaxslarning qo‘lida bo‘lgan yoki emitentning o‘zi tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha chiqarilishi mumkin emas. Bazis
aktivining baxosi qimmatli qog‘ozlar nominalidan past bo‘lgan varrantlarning emissiyasi taqiqlanadi (obligatsiyalar bundan mustasno).
Dostları ilə paylaş: |