1-Jadval
|
Italiya
|
Yaponiya
|
AQSH
|
Buyuk Brit.
|
Kanada
|
Frantsiya
|
Germaniya
|
Hajmi
YAIMga nisbatan
|
50,6
|
40,4
|
29,5
|
24,0
|
19,6
|
17,7
|
16,6
|
Hajmi davlatning to‘lanmagan ichki qarziga
nisbatan
|
83,1
|
66,2
|
62,8
|
88,6
|
44,6
|
82,7
|
35,0
|
Manba: James L.Massey. The Primary Market for Public Debt.
Solomon Brothers, 1990. P.2-3.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat- larda davlat qimmatli qog‘ozlari ichki qarzni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan hisoblanadi. Bunda davlat ikkilamchi bozorda aylanadigan (obligatsiyalar, notalar, veksellar) va aylanmaydigan qog‘ozlarini chiqarishi mumkin.
Nodavlat tashkilotlar esa investitsiyalarni jalb qilish uchun korporativ qimmatli qog‘ozlar chiqaradilar.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki,
qimmatli qog‘ozlarni umumanikki katta guruhga ajratish mumkin:
bazaviy vabazisli qimmatli qog‘ozlarga. Bazaviy qimmatli qog‘ozlarga ulush va qarz munosabatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan tashqari) va emissiyalanmaydigan qog‘ozlar kiradi. Bazislilariga esa derivativlar (hosilaviy qimmatli qog‘ozlar) kiradi.
2008-yil 22-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq "qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida ifodalanadi". Yuqorida qayd etilgan qonunga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, veksellar, shuningdek, hosila qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Horijiy davlatlarning me’yoriy hujjatlarida qimmatli qog‘ozlar "hujjat egasining bunday hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy huquqlarini yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi pul hujjati sifatida" ancha qisqa ta’riflanadi.
Huquqiy nuqtayi nazardan, an’anaviy tarzda qimmatli qog‘ozlar ancha keng ma’noda ko‘rib chiqiladi – ya’ni bo‘lar "mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi". Bu ma’nodaqimmatli qog‘ozlarga quyidagilar kiradi: obligatsiyalar, veksellar, cheklar, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi, konosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar.
Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan "Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari to‘g‘risida"gi qonun hamda "Fuqarolik kodeksi"dagi qimmatli qog‘ozlarning ta’rifi bir-biridan jiddiy tarzda farq qiladi.
Qimmatli qog‘ozlarni bundan ham keng ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Yuqorida tilga olingan hujjatlardan tashqari, yana shunday, qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lmasa-da, lekin, ayrim iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar deb tan olinayotgan hujjatlar ham mavjud, chunki ular ko‘pgina hozirgi ta’riflarda qimmatli
qog‘ozlarning barcha asosiy belgilarini o‘zida mujassamlantiradi. Gap albatta, pul haqida borayapti.
XX asrning 90-yillari o‘rtalarigacha qimmatli qog‘ozlarning huquqiy asoslari haqidagi masala bu qadar keskin turmagan edi. Bu shu narsa bilan izohlanadiki, o‘sha yilda qimmatli qog‘ozlarning rivojlangan bozori yo‘q edi. Bundan tashqari, qimmatli qog‘ozlar sobiq sovet siyosiy iqtisodiyot fanida qalbaki kapital bilan bog‘lanardi, 90- yillargacha unga nisbatan juda salbiy munosabatda bo‘lindi. Qimmatli qog‘ozlarning boshqa yana bir qancha ta’riflari mavjud. Masalan, odatiy qo‘llanishda ham, shuningdek, mutaxassislar ichida ham qimmatli qog‘ozlarga nisbatan atamaviy chalkashlik ko‘zatiladi: "qimmatli qog‘oz", "qimmatli qog‘oz sertifikati", "qimmatli qog‘ozga sertifikat", "qimmatli qog‘oz blanki", "sertifikat blanki" va h.k.
An’anaviy rusiyzabon iqtisodiy tushunchalar tizimida qimmatli qog‘ozlar deganda aynan qog‘oz, ma’lum huquqiy munosabatlarni rasmiylashtiruvchi hujjat tushuniladi. Iqtisodiy qonunlarning deyarli barcha jumlalarida qimmatli qog‘oz – bu hujjat. Biroq jahon amaliyoti bilan tanish bo‘lgan har bir mutaxassisga shu narsa ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi qimmatli qog‘ozlar aynan blanklarni talab qilmaydigan naqdsiz shaklda chiqariladi. Ushbu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, hisobga olish va ularning harakati to‘liq ixtisoslashtirilgan korxonalar va banklarning hisob raqamlari bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ham, masalan, aksiyalarning katta miqdori naqdsiz shaklda, shuningdek, keng tarqalgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari esa, mutlaqo qog‘ozsiz shaklda chiqariladi. Qimmatli qog‘ozlar – bu hujjat (blankli) shaklida yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (depozitariylar)dagi hisob-raqamlarda yozuvlar ko‘rinishida alohida usul bilan tasdiqlanadigan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qarz yoki aksiyadorlik kapitali shaklida jalb etiladigan mablag‘larni jalb qilish, qayta taqsimlash va qaytarib to‘lash sohasidagi mulkiy hamda u bilan bog‘liq nomulkiy huquqlardir.
Mulkiy huquq – bu u bo‘yicha iqtisodiy o‘zaro munosabatlar subyektlari mol-mulkka, tovar-moddiy boyliklariga, pul mablag‘lariga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan huquqdir. Nomulkiy huquq – bu, masalan, aksiyadorning kompaniyaning umumiy yig‘ilishida ovoz berish, emitentning faoliyati haqida axborot berilishini talab qilish va
h.k. huquqidir.
Dostları ilə paylaş: |