Qishloq aholi


T a k ro rla sh uchun savollar



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

T a k ro rla sh uchun savollar:
1. Qishloq aholi punktlari hududlari rekonstruksiya qilinayotgan 
sharoitlarda hududni ustuvor funksiyaga asoslangan zonalashtirili- 
shining mohiyati nimadan iborat?
2. Qishloq 
aholi 
punktlari-joylashuvning 
mahalliy 
tizimi 
elementlarining rejali tuzilmasini qaysi sharoitlar belgilab beradi?
3. Agrar-sanoat ixtisoslashuvga ega aholi punktlarini funksional 
tashkil etishning asosiy prinsipi bo'lib qaysi holatlar xizmat qiladi?
4. Agrar ixtisoslashuvga ega aholi punktlarini funksional tashkil 
etishning asosiy prinsipi bo'lib qaysi holatlar xizmat qiladi?
5. Qurama ixtisoslashuvga ega aholi punktlarini funksional tashkil 
etishning asosiy prinsipi bo'lib qaysi holatlar xizmat qiladi?
217


А - qishloq aholi punktlari hududini urbanizatsiya darajasi bo'yicha zonalashtirish sxemasi 
1 - urbanizatsiyalashgan zona; 2 - sust urbanizatsiyalashgan zona;
3 - urbanizatsiyalashmagan zona.
D

II 
III 
IV 

VI

s
[1
В - turli funksional vazifalarga ega hududlaming zonalaming har biridagi o'zaro nisbati 
I - kommunal-omborxona; II - ishlab chiqarish; III - transport;
IV - jamoat muassasalar; V - turar-joy; VI - ko'kalamzoriar
5.1.1-rasm . P olifun k sio n al m e’ m o riy -re ja li z o n a la r tark ibi
218


Hududning funksional zonalashtirilishi kompozitsiya bilan o'zaro 
bog'liqdir. Qishloq aholi punktlari kompozitsiyasini uning mazmuni 
bilan shartlangan va o'rganilayotgan obyekt hayotidagi hodisalaming 
o'zaro bog'liqligini aks ettiruvchi me’ morchilik asari sifatida qabul 
qilish lozim. Qishloq aholi punkti kompozitsiyasini yaratishdagi ko'p 
qirrali jarayon uning umumiy qiyofasini ishlab chiqishni, mazmunini 
belgilashni, alohida tarkibiy elementlari (ishlab chiqarish va istiqomat 
zonalari, bosh va lokal markazlar, ko'cha va magistrallar, park zonalri 
va h.k.) o'rtasidagi uzviylikni tabiiy-geografik sharoitlami, milliy 
an'analarni hisobga olgan holda belgilab beradi.
Qishloq aholi punktining kompozitsion mohiyati fan va texnika- 
ning so'nggi yutuqlari, qurilishning industrializatsiyasi, tipizatsiyasi 
va iqtisodiyoti, texnika, muhandislik, estetika va gigiyena sintezini 
hisobga olgan holda aholiga yashash uchun qulay sharoitlar yaratib 
berishni belgilab beradi. qishloq aholi punktini rejalashtirish va 
qurishning funksional vazifalari ko'p qirrali bo'lib, turli yechimlarga 
ega. Ulaming qismlari, inshoot va maydonlar, ko'chalar, turar-joy 
mavzelari, jamoat binolari, ishlab chiqarish inshootlari, ochiq bo'sh- 
liqlaming alohida guruhlarini joylashtirish va qurishning kompo­
zitsion yechimlari ham xilma xildir. Shu sababdan, kompozitsiya asosi 
tuzilmani tashkil qilishdan boshlanadi. Kompozitsion yagonalikka 
ansambllarni fazoviy o'zaro bog'lanishi orqali erishish mumkin: 
imoratlar qurilishini qavatlilik bo'yicha va relyefga bog'liq ravishda 
joylashtirish; markaziy ansamblni ustuvor tuzilma sifatida ajratish; 
aholi punktini me’ moriy peyzajini belgilab beruvchi ommaviy qurilish 
hamda ochiq va ko'kalamzorlishtirilgan maydonlami joylashtirilishi.
Qishloq aholi punkti kompozitsiyasida posyolka tuzilmasida 
karkas vazifasini o'tovchi ko'chalar, o'tish yo'llari va piyoda yo'llar 
tizimi muhim ahamiyatga ega. Ko'chalar tarmog'i muhim kompozit­
sion sifatga, ya’ ni tizimning yagonaligiga ega bo'lishi lozim. Bunga 
ko'chalami bosh va ikkinchi darajali toifalarga ajratish, ansambllar 
tizimi vositasida ular o'rtasidagi bog' lanishlami yaratish yordamida 
erishish mumkin. Bunda aksariyat hollarda asosiy kompozitsion o'q 
vazifasini bajamvchi bosh ko'cha alohida ahamiyatga ega bo'ladi. 
Uning kompozitsion ahamiyatiga urg'u berish uchun bosh ko'chada 
me’ moriy va hajmiy jihatdan eng ifodali va mahobatli binolar barpo
Q ish loq aholi punktlarining kom pozitsiyasi
219


etiladi, ko‘ kalamzorlashtiriladi, suv havzalari tashkil qilinadi, asosiy 
manzarali obyektlar joylashtiriladi va ular atrofida hamda ularga 
nisbatan boshqa obyektlar (maydonlar, ko'kalamzorlar, imoratlar va 
sh.k.) kompozitsiyasi tuziladi.
Qishloq aholi punkti imoratlarining osmon, tepaliklar yoki tog'Iar 
fonidagi konturi muhim ahamiyatga ega. Lekin, bu nafaqat 
umumposyolka panoramasi, balki uning ichidagi alohida kartinalar: 
alohida bino va inshootlar abrisi, ko‘ cha perspektivasini yopadigan 
yoki jamoat markazini shakllantiruvchi me’ moriy shakllar, tomlar, 
daraxtlar va shu kabilar konturi yig‘ indisi hamdir. Konturi va panora­
masi qismlab qabul qilinadigan yirik shaharlardan farqli o'laroq, 
posyolkada ular yaxlit tarzda ko‘ rinadi. Shu sababdan kontumi 
uzoqdagi nuqtalardan ko‘ rib qabul qilish muammosi muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Oddiy qurilmalar tarkibida ulardan keskin farq qiladigan, ya’ ni 
o ‘ zining me’ moriy shakllari, o'lchamlari bilan ajralib turadigan, lekin 
qolgan imoratlarga miqyosi bilan mos keladigan bino va inshootlami 
loyihalashtirish kontur yaratishning muhim sharti hisoblanadi. Joy 
relyefi murakkab bo'lgan hududlarda kontur yaratishning yana bir 
usuli - bino va inshootlar, o'ziga xos ko'kalamzorlashtirish vositasida 
joyning baland nuqtalariga alohida urg‘ u berish hisoblanadi. 
Individual kontur hosil qilish uchun namunaviy turar-joy va jamoat 
binolari, standart suv minoralari va shu kabilardan foydalanish 
mumkin. Kontuming badiiy va ifodali chiqishiga kompozitsiyada 
ustuvor holatni egallab turuvchi biron me’ moriy hajm orqali erishish 
mumkin.
Barcha tashkil qiluvchi elementlaming yagona yaxlitligi me’ mo­
riy kompozitsiyaning majburiy sharti hisoblanadi. Bunday yaxlitlik 
me’ moriy kompozitsiyaning eng yuqori shakli hisoblangan ansamblda 
yaqqol va to'liq namoyon bo'ladi.
Bo'liqlar tizimi, suv, relyef va boshqa elementlar yagona 
shaharsozlik va estetik g'oyaga bo'ysinishi lozim. Qishloq joydagi 
kompozitsion yaxlitlik alohida ansambllaming puxta o'ylangan 
guruhlanishiga bog'liq (jamoat markazi, turar-joy binolari qurilishi, 
ishlab chiqarish zonasi va b.), ulaming orasida jamoat markazi bosh 
va ustuvor o'ringa ega bo'lishi kerak.
Qishloq aholi puktining kompozitsiyasi ko'p jihatdan uning 
shakllangan rejali tuzilmasiga, avvalroq qurilgan eski imoratlar
220


rejalanganligiga bogMiq. Lekin, ta’ kidlash lozimki, bugungi kunda 
ishlab chiqarish, jamoat va turar-joy binolarining namunaviy 
loyihalari qoMlanilib, aksariyat hollarda bunday loyihalar estetik 
talablarga javob bermaydilar, me’ moriy-hajmli moslanuvchanlikka 
ega emaslar. Mavjud sharoitlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha 
bunyod etilayotgan imoratlar eskitdan shakllangan qurilmalar bilan 
hamohang boMishi uchun imoratlar majmuasini shakllantirishning 
blok-seksiya, blok-xonadon va boshqa namunaviy yechimlaridan 
foydalanish lozim.
Qishloq aholi punktining kompozitsiyasi, uning me’ morchilik 
nuqtayi nazaridan ifodali boMishi ko‘ p jihatlardan yon-atrof landshafti 
bilan ham belgilanadi. Tabiiy muhitning xususiyatlariga qarab 
kompozitsiya yopiq yoki ochiq tarzda shakl lantiriladi. Relyef 
xususiyatlari va yashil o'simliklar massivi aholi punktidagi alohida 
qismlami birlashtirish yoki, aksincha, ajratib tashlash imkoniyatini 
beradi. daryolar, koMlar, suv havzalari esa imoratlar qurilgan hudud 
konfiguratsiyasi va chegaralarini belgilab beradi. aholi punktining 
qiyofasini shakllantirishda, shuningdek, sun’ iy tarzda yaratilgan muhit 
(daraxtzorlar. parklar, hovuzlar) ham ishtirok etadi.
Qishloq aholi punktining katta boMmagan oMchamlari uning 
istalgan nuqtasidan von-atrofdagi tabiiy manzaralami kuzatish va, 
aksincha, aholi punktini tabiiy muhit fonida ko'rish, qabul qilish 
imkonini beradi. posyolokdagi me’ moriy hajmni shakllantirishda 
an’anaviy 
shaharsozlik 
usullarining 
hisobga 
olinishi 
muhim 
ahamiyatga ega. Ular aholini yozning jaziramasidan himoya qilishda, 
ijtimoiy, 
milliy-maishiy 
ana’ analarda 
namoyon 
boMadi. 
Bu 
omillarning barchasi aholi punktlarini rejalashtirishga, bino va 
inshootlar arxitekturasiga, ko'kalamzorlashtirilgan va suv chiqarilgan 
hududlaming xususiyatlariga ta’ sir oMkazadi. Bugungi kunga kelib 
shahar muhitiga nisbatan ushbu masalalar yechimi mutaxassislaming 
(I.I.Notkin, Sh.D.Asqarov va boshqalar) bir qator ishlarida yetarli 
darajada keng yoritilgan. Lekin,ta’ kidlash zarurki, qishloq aholi 
punktlari va qishloq xo‘jalik korxonalari, ishlab chiqarish kompleks- 
lariga nisbatan qoMlaniladigan me’ moriy-hajmiy yechimlar bo'yicha 
tadqiqotlar yanada kengroq koMamda oMkazilishi talab etiladi.
Shaharsozlik amaliyotida kompozitsiyalarning 4 ta turi ma’ lum: 
chiziqli (anfiladali), o ‘qli, panoramali, markaziy. Ulaming har biri 
aniq shaharsozlik vaziyatlariga bogMiq boMgan ko‘ p turli prinsiplarga
221


asoslanadi. Kompozitsion g'oya posyolka hududini funksional 
zonalashdan uning tuzilmaviy elemenlarini loyihalashgacha bo'lgan 
butun loyihalash jarayonini qamrab oladi.
Posyolkalami loyiha tashkilotlarida, kurs va diplom ishlarida 
bajarilgan loyihalashtirish amaliyotini umumlashtirish natijasida 
ulaming kompozitsion tuzilishidagi ayrim xususiyatlami ajratish 
imkonini berdi.
Qishloq aholi punktining me’ moriy-rejali tuzilmasini chiziqli 
(anfilada shaklida) shakllantirish uning bosh ko'chasini aniq ajratish 
zamr bo'lgan vaziyatlarda qo'llaniladi (5.1.2-rasm, 5.1.3-rasm). 
Qoidaga ko'ra, bosh ko'cha asosiy kompozitsion o'q vazifasini 
bajaradi. Boshqa ko'chalar (yordamchi kompozitsion o'qlar) bosh 
ko'chaga nisbatan tuziladi va yo'naltiriladi. Agar posyolok rejaning 
chiziqli shakliga ega bo'lsa, ya’ ni transport kommunikatsiyalar va 
daryo yoki kanal bo'ylab joylashgan bo'lsa, bosh kompozitsion o'q 
yo'nalish va xarakteri bo'yicha ularga mos bo'ladi. Bunday vaziyatda 
o'qning ikkala tomonida posyolkaning kompozitsion tuzilmalari 
yaratiladi. Aksariyat hollarda eng ifodali inshootlar va imoratlar 
qurilishining oddiy foni o'rtasidagi farqlanishga urg'u beriladi. Chi­
ziqli kompozitsiya varianti sifatida anfilada tuzish usuli qo'llaniladi, 
ya’ ni bosh kompozitsion o'q bo'ylab me’ moriy hajmlami yordamchi 
o'qlar bo'yicha joylashtiriladi. Aksariyat hollarda bosh va yordamchi 
o'qlar eng mahobatli va eng ifodali inshootlar bilan yakunlanadi.
O'zbekistondagi xalq me’ morchiligida chiziqli kompozitsiya 
prinsiplarini Samarqand shahridagi Shohi-zinda nekropoli, Buxoro- 
dagi Toqi-Zargoron, Toqi-Telpak fiirushon, Toqi-Safaron tuzilma- 
larida ko'rish mumkin. Shohi-Zinda ansamblida piyoda ko'chalar 
bo'ylab joylashgan mavzoleylar (ayniqsa, ulaming peshtoqlari) 
ustuvor inshootlar sifatida qabul qilinadi. Ular yopiq devorlar, yer 
sathida pastroqdagi ko'chaning neytral fonlari bilan keskin farqlangan 
holda o'ziga xos kompozitsiyani tashkil qiladilar. Kompozitsiya 
mavzoleylaming bir inshooti bilan yakunlanadi. Buhorodagi gumbazli 
savdo inshootlar ansamblida usti yopiq piyodalar uchun mo'ljallangan 
ko'cha muayyan oraliqlarda urg'ular rolini bajaruvchi yordamchi 
aloqalar bilan kesishadi. Bosh o'q ochiq bo'shliqqa chiqish bilan 
yakunlanadi. Bu yerda ustuvor element sifatida o'qning oxiridagi 
oraliq xizmat qiladi, undan tushayotgan yoruqlik usti berk ko'chaning 
qarama-qarshi tomonidan ham ko'rinadi.
222


Hajmning markaziy kompozitsiyasi qishloq aholi punktlaridagi 
biron elementning ustuvor holatini belgilash maqsadida qo'llaniladi. 
Aksariyat hollarda bunday rolni posyolkaning jamoat markazi yoki 
ijtimoiy-ishlab chiqarish markazi bajaradi. Ustuvor element sifatida 
butun zona, yadro, masalan, jamoat markazi, maktab. sport kompleksi 
joylashgan posyolka parkining markaziy zonasi xizmat qilishi mumkin 
(5.1.4-rasm, 5.1.5-rasm, 5.1.6-rasm). Posyolkaning boshqa element- 
larini shu elementga bo'ysindirish kompozitsiyaning asosiy vazifasi 
hisoblanadi. Odatda. asosiy ko'chalar (kompozitsion o‘qlar) ana shu 
markazga yo‘ naltiriladi; yon-atrofdagi imoratlar o'zlarining qavatliligi, 
hajmi, rangi kabi jihatlari bilan ustuvor elementlardan yaqqol ajralib 
turadi. Ustuvor elementning bosh inshoot sifatidagi holatini yanada 
yaqqol belgilash maqsadida uning atrofidagi imoratlar «qo'llab- 
quvvatlovchi» fon funksiyasini bajaradilar. Biz tomondan ko‘ rib 
chiqilgan ko‘ plab misollarda ustuvor element atrofida ko'p xonadonli 
(yoki seksiyali) turar-joy binolari loyihalashtirilganini ko'rish mumkin.
0 ‘ zbekiston xalq me’ morchiligida markazga intilgan kompo- 
zitsiya Registon maydoni, Bibi-xonim jome masjidining me’ moriy 
ansambllarini tashkil etishda qo'llanilgan. Bunda inshootlar arxi- 
tekturasi yon-atrofdagi kam qavatli imoratlaming neytral foni bilan 
keskin farqlanadigan (rangi, hajmi va shu kabi jihatlari bo'yicha) qilib 
qurilgan. Lekin, shu bilan birga, muhitning muayyan yaxlitligiga 
erishilgan. Yon-atrofdagi guzarlaming asosiy ko'chalari kompozit­
siyaning aynan bosh elementlariga yo'naltirilgan.
Qishloq aholi punkti tuzilmasini panoramali kompozitsiya 
ko'rinishida tashkil qilish imoratlar qurilgan hududni yuza frontini 
idrok qilish zarur bo'lgan vaziyatlarda amalga oshiriladi. Bunday 
vaziyatlar posyolka tuzilmasi transport magistrali, suv arteriyasi 
bo'ylab joylashtirilganida kuzatiladi (5.1.7-rasm, 5.1.8-rasm, 5.1.9- 
rasm). Imoratlar qurilishining tashqi front arxitekturasi ham to'satdan, 
ham asta-sekin, aholi punktiga yaqinlashgan sari ochilishi mumkin. U 
asosan «manzara chegarasi» - yo'l yoki daryoning qishloq aholi 
punktiga bevosita yaqin joylashgan qismidagi uchastka uchun 
mo'ljallanadi. Bunda posyolka panoramasi va uning konturi ko'rinib 
turadi. Bu vaziyatda hal qilinadigan kompozitsion yechimlar xuddi 
chiziqli kompozitsiyada bo'lgani kabidir. Farqlanish shundan iboratki, 
imoratlar qurilishi kompozitsion o'qning (yo'l, daryoning) faqat bir 
tomonida va, odatda, ma’ lum masofada loyihalashtiriladi.
223


Qishloq aholi punktining o ‘ qli kompozitsiyasi ko'rib eslab qolish 
effekti prinsiplari aosida shakllantiriladi. Bunday yechim, asosan, 
qishloq aglomeratsiyalari (qishloq aholi punktlari bir-birlaridan 1-3 
km masofada joylashgan) vaziyati, qishloqlaming qismlarga ajratilgan 
rejali tuzilmalari mavjud bo'lganida, shuningdek ishlab chiqarish va 
aholi istiqomat qiluvchi hududlar bir-birlaridan ancha uzoq masofada 
joylashganida qo'llaniladi (5.1.10-rasm, S.I.l 1-rasm va 5.1.12-rasm).
Kompozitsiyaning bu turi shakllanishning mustaqil prinsiplariga 
ega emas: qurilgan imoratlar guruhi alohida joylashtirilsada, har bir 
guruh o'zaro bog'langan markaziy, chiziqli, panoramali ansambllar- 
dan tashkil topadi. Yirik elementlar (masalan, ishlab chiqarish va 
istiqomat zonalari)ning alohida joylashtirilishi bu kompozitsiyaning 
o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shu sababdan bu qismlaming 
uzviyligi va o ‘ zaro bog'liqligi ulami yagona uslub bilan bog'lash 
orqali ta’ minlanadi. Misol sifatida Samarqand shahridagi tarixiy zona 
fragmentini keltirish mumkin. Bu yerda Bibi-xonim va Registon 
maydonidagi ansambllar bir-birlaridan 1 km uzoqlikda joylashgan 
bo'lib, o'zaro bitta ko'cha bilan bog'langanlar.
Ansamblni o'rab tuzuvchi imoratlar va ulami bog'lab turuvchi 
ko'cha ularga nisbatan «neytral fon» vazifasini bajaradi. Odatda, 
piyodalar awaliga aytilgan ansambllardan biri bilan tanishadilar, keyin 
ko'cha bo'ylab ikkinchisi tomonga harakatlanadilar. Ikkinchi ansamblga 
yaqinlashganlarida uning arxitekturasini o'rganib va baholaganlarida 
beixtiyor awal ansambl bilan o'xshashlikn his qiladilar. Aynan shu 
vaziyatda ko‘ rib eslab qolish effekti ishga tushadi. Fazoviy o'zaro 
bog'lanish esa ushbu ansambllarda me’ moriy va kompozitsion uslublar 
yagonaligiga asoslangan uslub qo'llanilgani sababli his qilinadi. Aytib 
o'tilgan prinsiplar qishloq aholi punktlarini loyihalash va qurishning 
zamonaviy amaliyotida ham qo'llanilishi mumkin.
Shunday qilib, qishloq aholi punktining rejali tuzilmasi ta’ sir 
etuvchi omillami (tabiiy-iqlimiy sharoitlar, ishlab chiqarishning 
ixtisoslashuvi, muhandisiik-texnik imkoniyatlar, xalq me’ morchiligida 
hozirgi sharoitlar uchun mos bo'lgan an’analami) hisobga olgan holda 
shakllantiriladi. Bunda har bir muayyan vaziyat uchun eng optimal va 
aniq kompozitsion g'oya belgilanishi lozim. Qishloq aholi punkti 
hududini funksional zonalash, ko'chalarni trassalash, turli hajmiy 
bo'shliqlari va tuzilmalarini joylashtirish masalalari aynan shu nuqtai 
nazar asosida hal qilinadi.
224



Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin