Qishloq aholi


 T u r a r -jo y h u d u d in in g m e’ m o riy -re ja li tashkil etilishi



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

5.2. T u r a r -jo y h u d u d in in g m e’ m o riy -re ja li tashkil etilishi
Qishloq aholi punktlaridagi turar-joy hududining tuzilmaviy ele­
mentlari tarkibiga turar-joy komplekslari, mavzelar, turar-joy guruh­
lari, umumiy foydalanishdagi uchastkaiar (rekreatsion hududlar), to­
morqa uchastkalari, turar-joy binolari, xo‘jalki qurilmalari, ko'chalar 
kiradi.
Mutaxassislar (TashZNIlEP) turar-joy zonasini bitta yoki bir 
nechta turar-joy komplekslaridan tashkil qilish tavsiya etilgan. Turar- 
joy kompleksi - turar-joy zonasining eng katta tuzilmaviy elementidir. 
Uning oMchamlari 500 dan 2000 kishigacha bo'lib, qishloq aholi 
punktining kattaligi, uning rejali tuzilmasi, imoratlar qurilishining 
zichligi, maktabgacha ta’ lim muassasalari va birlamchi xizmat 
ko'rsatish korxonalari va umumiy foydalanishdagi ko'kalamlash- 
tirilgan uchastkalaming mavjudligi bilan belgilanadi.
Turar-joy kompleksining rejaviy yadrosi sifatida maktabgacha 
ta’ lim muassasalari, birlamchi xizmat ko'rsatish punkti, jismoniy 
tarbiya va bolalar maydonchalari joylashgan hududlar xizmat qilishi 
mumkin. Turar-joy kompleksining yadroii turar-joy zonasidan jamoat
232


markazi, ishlab chiqarish zonasi va rejaning boshqa tuzilmaviy 
elementlari tomonga piyoda yo'nalishlarda joylashtirilishi lozim.
OMchami bo'yicha kichik va o'rtacha boMgan va rejaning ixcham 
shakliga qishloq aholi punktlarida turar-joy zonasi yagona kompleks 
qilib rejalashtirilishi mumkin. Bunda maktabgacha taMim muassasalari 
jamoat markaziga yaqin yoki bevosita uning tarkibida joylashtirilishi 
va markazning kompozitsion yechimi bilan bogManishi, muhandislik 
kommunikatsiyalarining umumposyolka tarmoqlariga ulanishlari 
lozim. xizmat ko'rsatish radiuslarini saqlagan holda qoMlanilgan bu 
usul jamoat markazi o'lchamlarini kattalashtirish va me’moriy 
jihatdan ifodalanishini kuchaytirish imkoniyatini beradi.
Rejali tuzilmalaming cho'zilgan va qurama shakllariga ega katta 
posyolkalarda turar-joy zonasi bir nechta turar-joy komplekslaridan 
tarkib topishi mumkin. Turar-joy komplekslaridagi umumiy foydala- 
nishdagi uchastka elementlari tarkibida jismoniy tarbiya bilan shug'ul- 
lanish uchun maxsus maydoncha, bolalar maydonchasi, shuningdek 
katta yoshdagi aholi dam olishi, tantanali marosimlar, bayram va 
jamoat bayramlarini o'tkazish uchun moMjallangan hududlami ko'zda 
tutish kerak.
Bugungi kunda mamlakatning qishloq joylarida qo'rg'on tipidagi 
1-2 qavatli turar-joy binolari, 1-2 qavatli 4, 6, 8 va ko'proq xona- 
donlari bo'lgan birlashtirilgan turar-joy binolaridan iborat posyol­
kaning istiqomat zonalari keng tarqalgan. Seksiyali va qurama tipdagi 
uylar aytarli keng tarqalmagan. Ikki xonadonli birlashtirilgan turar-joy 
binolari ham ko'pgina qishloq joylarda qurilmoqda.
Bir xonadonli uylar, normativ o'lchamli yer uchastkalari bo'lgan 
ikki xonadonli uylar qurilgan posyolkalarda shaxsiy tomorqalar xo'­
jalik yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan. Lekin, bunday uy- 
laming aksariyati umumiy kanalizatsiya, suv ta'minoti, isitish tar­
moqlariga ulanmagan. Bunday posyolkalaming tashqi obodonlashti- 
rilishi ham aytarli yaxshi ko'rinishga ega emas. Imoratlaming siyrak 
qurilganligi, aholi zichligining kichikligi barcha turdagi muhandislik 
kommunikatsiyalari qurilishini qimmatlashtirib, mahalliy tizimlar 
qo'llanilishini belgilab beradi. Bunday posyolkalar katta hududlami 
egallaydilar.

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin