Qishloq xo`jaligi marketingi funksiyalari Marketing funksiyasi ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish faoliyati bilan boshqaruv konsepsiyasi sifatida boshqaruvning barcha turlariga xos umumiy funksiyalarga ega. Aynan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat marketing strategiyasi va dasturini ishlab chiqishni, marketing xizmatining strukturasini shakllantirishni, ular faoliyatini boshqa bo`limlar bilan muvofiqlashtirishni, marketing faoliyatini nazorat qilishni va uning faoliyatiga baho berishni ko`zda tutadi.
Ayni vaqtda, barcha boshqaruv jarayonlariga xos bo`lgan bu asosiy funksiyalar marketing faoliyati uchun maxsuz bo`lgan funksiyalar bilan konkretlashtirilgan va to`ldirilgan bo`lishi mumkin. Unga analitik, tovar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish va aynan:
qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozori, bozor muhiti vaiste`molchilar talablarini kompleks tarzda tadqiq qilish;
bozorni segmentlash;
qishloq xo`jaligi fermeri va shirkat xo`jaligining ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish imkoniyatlari tahlili;
kommunikatsion siyosat (qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talabni shakllantirish va sotishni rag`batlantirish)lar kiradi.
Bozor, bozor muhiti iste`molchilar talablarini kompleks tarzda tadqiq qilish yoki analitik funksiya – ko`p vaqt, moliyaviy va infarmatsion resurslarni hamda marketing bo`yicha mutaxasislarni yuqori tayorgarligini talab etadigan muhim ishdir. Bu tadqiqot quydagi muhim yo`nalishlarni qamrab oladi:
marketing muhitini o`rganish: tadbirkorlik faoliyati geografik va demografik shartlarini, iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy, siyosiy – huquqiy, ijtimoiy – madaniy xususiyatlarini, shu bilan birga, raqobatchi, vositachi, yetkazib beruvchi qishloq xo`jaligi fermeri va shirkat faoliyatining maxsus xususiyatlari va ularning munosabatlari xarakterini bilish;
qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorining jami xususiyatlari tahlili: talab, taklif, sig`im, talab elastikligi, narx elastligi, raqobat darajasi;
muayyan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining iste`mol hususiyatlari va bozordagi harakati, shu bilan birga istemolchilar xohishi va ularning tovar haqidagi tasavvurlari tahlili;
bozorning qishloq xo`jaligi fermeri va shirkat xo`jaligi tarkibi tahlili: sotib oluvchi qishloq xo`jaligi fermeri va shirkatlar, raqobatchi qishloq xo`jaligi fermeri va shirkatlar, betaraf qishloq xo`jaligi fermeri va shirkatlarni ko`rib chiqish;
savdo shakllari va usliblari tahlili;
iste`molchilarni (individual va kollektiv) va ularning sotib olishdagi hatti – harakatlarini o`rganish.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozori segmentatsiyasi marketing ishining tarkibiy qismi bo`lib, bozorni segmentlarga, yani bir xil talab xarkteriga ega bo`lgan iste`molchilar guruhi va qishloq xo`jaligi fermeri va shirkat xo`jaliklarining marketing tasiriga bo`lgan bir turdagi ta`siridir.
Bozor segmentatsiyasi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining individuallashtirish siyosati bilan bog`langan. Marketing yondashishi barcha iste`molchilarga hisoblangan standart, universal tovar tayorlash zaruratidan voz kechadi va biznesning optimalligini va raqobat afzalligi taklifini individuallashtirish va rang – barang qilishda ko`radi.
Maqsadli bozorni tanlash – marketing tadqiqotlarining muhim uo`rinishidir, chunki karxona faqat bozor ehtiyojini va o`z imkoniyatlarini aniqlabgina bozor talablarini o`z potensiali va istiqbol rivojlanishi bilan moslashtira oladi va jamlangan marketing ishi uchun muaychn bir segmentni samarali ravishda tanlay oladi.
Maqsadli bozorni tanlash bir tamondan, bozor segmentlari talablari baholanishi asosida, ikkinchi tamondan, qishloq xo`jaligi o`z imkoniyatlari asosida, ular o`rtasidagi muvozanat va balansni o`rnatish maqsadida quriladi.
Maqsadli bozor shunday bozor segmentini, unda nafaqat raqobat afzalliklari, balki bir necha raqobat kamchiliklari ham shu qishloq xo`jaligi fermeri, shirkat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari uchun raqobatda yaxshi pozitsiyalarni yaratishi va ular uchun eng samarali bozor talabini vujudga keltirishi mumkin.