Qishloq xo’jalik korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Yüklə 41,5 Kb.
səhifə3/8
tarix21.12.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#188220
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture - 2 2

Dehqon xo’jaligi oilaviy mayda tovar xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizasiya qiladi.

Dehqon xo’jaligi tadbirkorlik faoliyatining subyekti tariqasida quyidagi huquqlarga ega:


 
o’ziga berilgan tomorqa yer uchastkasida dehqon xo’jaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;
- yetishtirilayotgan va realizasiya qilinayotgan mahsulotga mustaqil ravishda baho belgilash;
- o’zi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga o’z xohishi bo’yicha realizasiya qilish huquqini tasarruf etish;
- xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to’lanadigan fyu’chers bitimlari tuzish;
- tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda foyda olish;
- qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga mo’ljallangan aksiyalarni sotib olish;
- o’z mol-mulkini, shuningdek tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qo’yish.

Dehqon xo’jaligi quyidagilarni bajarishi lozim:


- tomorqa yer uchastkasidan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish;
- tabiiy obyekt bo’lmish yerga zarar yetkazmaslik;
- tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;
- yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan, bir yil ichida foydalanishga kirishish;
- agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;
- dehqon xo’jaligining majburiyatlari va qarzlari bo’yicha to’la javobgar bo’lish;
- xo’jalik a’zolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’mishlash.

Dehqon xo’jaliklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari


Ko’rsatkichlar


Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin