Qishloq xo’jalik korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari


IV. Fermer xo’jaligining huquqlari, majburiyatlari



Yüklə 41,5 Kb.
səhifə5/8
tarix21.12.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#188220
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture - 2 2

IV. Fermer xo’jaligining huquqlari, majburiyatlari
hamda mol-mulki (16-21-moddalar)
V. Fermer xo’jaligi faoliyatining tashkil etilishi (22-28-moddalar)
VI. Yakunlovchi qoidalar (29-36-moddalar)

Fermer xo’jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami har bir shartli bosh chorva moliga hisoblanganda: - Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda-kamida 0.30 gektarni; - Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda kamida –0.45 gektarni; - sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlarda –kamida 2 gektarni tashkil etadi. Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashayotgan fermer xo’jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami: - paxtachilik va g’allachilik uchun kamida–10 gektarni - bog’dorchilik va uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun – kamida 1 gektarni tashkil qiladi.

Fermer xo’jaligi quyidagi huquqlarga ega:


- nizomda nazarda tutilgan doirada va ijara shartnomasida belgilangan ixtisoslashuvga muvofiq fermer xo’jaligining ishlab chiqarish faoliyatini o’ziga berilgan yer uchastkasida mustaqil tashkil etish;
- yetishtirilgan mahsulotni sotish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun sotish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq xo’jalik shartnomalari tuzish;
- xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to’lanadigan f’yuchers bitimlari tuzish;
- o’zi yetishtirgan mahsulotga egalik qilish, shulardan uni o’zi xohlagan iste’molchilarga sotish;
- yetishtirilayotgan mahsulotga va xizmatlarga shartnoma shartlarida mustaqil ravishda narx belgilash;
- qishloqqa xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar bilan elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib berish, xizmatlar ko’rsatish yuzasidan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish;
- tadbirkorlikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
- olingan daromad (foyda) dan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish, bank hisob raqamidagi o’z mablag’larini mustaqil ravishda tasarruf etish;

Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin