Qituvchilari tomonidan dori turlari texnologiyasi amaliy mashg‘uloti uchun o‘quv qo‘llanma tuzildi. Dori turlari texnologiyasining boshlang‘ich mavzularini yoritib beradigan ushbu «Farmatsevtik texnologiya asoslari»



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə21/74
tarix07.11.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#67728
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Farmatsevtika institutining-fayllar.org

Nazorat savollari
1. Hab dorilarni dori shakli sifatida ta’riflang?
2. Hab dorilarni tayyorlashda qanday suyuq yordamchi
moddalar ishlatiladi?
3. Hab dorilarni tayyorlashda qanday quruq yodamchi
moddalar ishlatiladi?
4. X DF da hab dorilarga qanday talablar qo‘yilgan?
5. Alkaloid saqlovchi hab dorilarda ishlatiladigan
yordamchi moddalar, ularga misollar keltiring.
6. Oksidlovchi moddalar bilan tayyorlanadigan hab
dorilardagi o‘ziga xos jarayonlar nimalardan iborat?
7. Hab dori og‘irligining chegarasi qanday?
8. Hab dorilarning o‘rtacha og‘irligi qanday aniqlanadi?
9. Hab dorilarning X DF bo‘yicha sifati qanday
tekshiriladi?
10. Hab dorilar qanday jihozlanadi va saqlanadi?

SUYUQ DORILAR
Ashribabu arabcha sharob so‘zining ko‘pligidir. Bu termin «Qonun»da va umuman sharq tabobatida juda keng ma’noda ishlatilgani ma’lum. Тabobatda ichiladigan suyuq dorilar umum nomi (mikstura)ni anglatadi, ba’zan sharbat, ba’zan mast qiladigan sharob ma’nosini anglatadi. Joyiga qarab ma’no anglatgani uchun umum suyuq dorilar ashriba deb tushuniladi (Abu Ali ibn Sino).
Suyuq dori shakllari erkin dispers tizim bo‘lib, bunda dori moddalari suyuq dispers muhitda tarqalgan bo‘ladi. Dorivor moddalar 3 xil agregat holatda bo‘lishi mumkin. Bular: qattiq, suyuq va gazsimon.
Suyuq dori shakllari dispers fazaning maydalik darajasi hamda dispers muhit bilan bog‘lanish jihatiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
1. Chin eritmalar.
2. Yuqori molekulali birikmalarning (YuMB)
eritmalari.
3. Kolloid eritmalar.
4. Suspenziyalar.
5. Emulsiyalar.
6. Aralash tipdagi suyuqliklar.
Erituvchi yoki suyuq fazaning turi va xarakteriga ko‘ra ham suyuq dori shakllari turlicha tasniflanadi.
Chin eritmalar 2 xil turda bo‘lishi mumkin:
1) ion dispers sistemalar;
2) molekulyar dispers sistemalar.
Birinchi turdagi eritmalarda dori moddalar ion holida erituvchida tarqalsa, ikkinchi turdagi eritmalarda molekula holida tarqalgan bo‘ladi.
Ishlatilishiga ko‘ra suyuq dori shakllari:
1) ichish uchun qo‘llaniladigan;
2) sirtga qo‘llash uchun ishlatiladigan;
3) in’eksiya uchun ishlatiladigan
deb tasniflanadi.
Ichish uchun ishlatiladigan suyuq dori shakllari — miksturalar deb yuritiladi. Mixturae — lotincha aralashtirish. Miksturalarning dispers muhiti faqat suv bo‘ladi. Ular qoshiqlab ichiladi. Osh qoshiq — 15 ml, desert qoshig‘i — 10 ml, 1 choy qoshiq — 5 ml bo‘ladi.
Sirtga qo‘llash uchun ishlatiladigan suyuq dori shakllari ham xilma-xil bo‘ladi, masalan: yuvish uchun ishlatiladigan, kompress uchun, chayqash uchun, klizma uchun, burun, quloq tomchilari va hokazolar. Bunda erituvchi sifatida suvdan tashqari etanol, glitserin, moy va boshqa suyuqliklar ishlatiladi.
Erituvchisi tabiatiga ko‘ra suyuq dori shakllari suvli va suvsiz eritmalarga bo‘linadi.
Suyuq dori shakllari dorixona retsepturasini 60% ni tashkil qiladi.



Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin