Kompleks birikmalar hosil qilib eriydigan moddalardan eritmalar tayyorlash
Suvda yomon eriydigan yod (1:5000), simob diyodid (HgI2) (1:25000) kabi moddalar kaliy yoki natriy yodidlar bilan suvda yaxshi eriydigan kompleks birikmalar hosil qilishi mumkin.
Farmatsevtika amaliyotida keng qo‘llaniladigan eritmalardan biri Lyugol eritmasidir. Uning 5% (ichish uchun) va 1% li (sirtga qo‘llash uchun) eritmalari mavjud bo‘lib, tarkibi quyidagichadir.
Rr: Iodi 1,0
Kalii iodidi 2,0
Aquae purificatae ad 100ml
M. D. S. Sirtga qo‘llash uchun.
Rr: Iodi 1,0
Kalii iodidi 2,0
Aquae purificatae ad 20ml
M. D. S. Ichish uchun.
2 g kaliy yodid 1,5—2,0 ml tozalangan suvda eritiladi. Hosil bo‘lgan to‘yingan eritmada pergament qog‘ozda o‘lchab olingan 1,0 yod kristallari eritiladi. Yod to‘liq erigandan so‘ng tozalangan suv quyib hajmi 100 ml ga yetkaziladi. Eritma paxta tampon yoki shisha filtr orqali suziladi va qo‘ng‘ir shisha idishlarda, tegishli yorliq yopishtirilib chiqariladi.
Lyugol eritmasi ichish uchun berilsa, tomchilab sutga qo‘shib ichiladi.
Yordamchi moddalar ishtirokida yaxshi eriydigan tuz hosil qilib, eritmalar tayyorlash
Osarsol eritmasini tayyorlash:
Osarsol suvda juda yomon eriydi, lekin natriy gidrokarbonat eritmasida oson erib ketadi. Odatda 1g osarsolga 0,61g natriy gidrokarbonat qo‘shib eritish tavsiya etiladi.
Rr: Sol. Osarsoli 5%— 200 ml
Natrii hydrocarbonatis 4,0
M.D.S. Sirtga.
Hisoblash: Osarsol 10,0
Natriy gidrokarbonat 6,1
Тozalangan suv 200 ml gacha
Umumiy hajm 200 ml
Yuqoridagi retseptni tayyorlash uchun 6,1 g natriy gidrokarbonat tuzi suvda eritilib, hosil bo‘lgan eritmada 10 g osarsol karbonat angidrid gazi to‘liq chiqib ketguncha aralashtirib, eritiladi va shisha idishga suzib solinadi. «A» ro‘yxatdagi moddalar kabi yorliqlanadi.
Тemisal eritmasini tayyorlash:
Rr: Themisali 4,0
Aq. Menthae
Aq. rurif. aa 60 ml
M.D.S. Ichish uchun.
Hisoblash: Тemisal 4,0
Yalpiz suvi 60 ml
Тozalangan suv 60 ml
Umumiy hajm 120 ml
Eritmani tayyorlashda tarkibida karbonat angidrid gazi saqlamaydigan, ya’ni yangi haydalgan yoki yangi qaynatilgan tozalangan suv ishlatiladi. Aks holda teobromin natriy parchalanib, suvda yomon eriydigan teobromin cho‘kmaga tushib qolishi mumkin.
ТOPSHIRIQLAR
Dostları ilə paylaş: |