Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash
Dori moddalarining retseptda beriladigan konsentratsiyasidan yuqori qilib tayyorlanadigan eritmalar konsentrlangan eritmalar deb ataladi.
7-rasm. Byuretka moslamasi UB-16.
Konsentrlangan eritmalarni asosan gigroskopik, ko‘p miqdorda kristallizatsion suv saqlovchi dori moddalaridan tayyorlash tavsiya etiladi.
Konsentrlangan eritmalar og‘irlik — hajm usulida aseptik sharoitda yangi haydalgan, tozalangan suvda tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda o‘lchov idishlaridan (o‘lchov kolbasi) foydalaniladi. Agar o‘lchov idishi bo‘lmasa olinishi lozim bo‘lgan suv miqdorini eritma zichligi yoki dori moddasining hajm oshish koeffitsiyentidan foydalanib hisoblanadi. Тayyorlangan eritma filtrlanib to‘liq kimyoviy tahlildan o‘tkaziladi.
Eritma zichligi bo‘yicha olinadigan suv miqdorini hisoblash:
1 l 20% li geksametilentetramin eritmasini tayyorlash uchun qancha tozalangan suv kerak bo‘ladi?
Eritma zichligi 1,042 g/ml. Hisoblashda 1 l 20% li geksametilentetramin eritmasining massasi:
1,042 g/ml . 1000 ml = 1042 g ekanligi asos qilib olinadi. 1042 g — 200 g = 842 g(ml) miqdorda suv talab etiladi.
Dori moddasining hajm oshish koeffitsienti bo‘yicha olinadigan suv miqdorini hisoblash:
200 . 0,78 ml/g = 156 ml (200 g geksametilentetramin eriganda egallagan hajm).
1000 ml — 156 ml = 844 ml tozalangan suv kerak.
Konsentrlangan eritmalarni quyultirish va suyultirish
Тahlil natijasi eritma konsentratsiyasining ko‘p yoki kam chiqqanligini ko‘rsatsa, u holda konsentrasiyani me’yoriga yetkazish zarur.
Faraz qilaylik, yuqorida tayyorlagan geksametilentetramin eritmasining konsentrasiyasi 23% bo‘lib chiqdi, demak eritmani suyultirish lozim. Buni quyidagi formula yordamida amalga oshiramiz:
X = A(C-B) = 1000(23 - 20) = 3000 = 150 ml
B 20 20
bu yerda: X — eritmani suyultirish uchun kerak bo‘lgan
suv miqdori, ml;
A — tayyorlangan eritma hajmi, ml;
B — talab etiladigan eritma konsentratsiyasi, % da;
C — tayyor eritmaning amaldagi konsentratsiyasi,
% da.
Demak, 23% geksametilentetramin eritmasini me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 150 ml tozalangan suv solish lozim.
Boshqa holda tahlil natijasi geksametilentetramin eritmasining konsentratsiyasi 18% ekanligini ko‘rsatdi. Eritma konsentratsiyasi me’yorida (20%) bo‘lguncha geksametilentetramin qo‘shish talab etiladi. Hisob quyidagi formula bo‘yicha olib boriladi:
X= A(B-C) = 1000(20-18) = 2000 = 23,7
100 d-B 100*1,042-20 84,2
bu yerda:
X– eritmaga qo‘shish kerak bo‘lgan moddaning miqdori, g da;
A– tayyorlangan eritmaning miqdori, ml da;
B– talab etilgan eritma konsentratsiyasi, % da;
C– amaldagi konsentratsiyasi, % da;
d– eritma zichligi, g/ml da.
Demak, 18% li eritmani me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 23,7 g geksametilentetramin qo‘shish lozim.
Dostları ilə paylaş: |