Qituvchilari tomonidan dori turlari texnologiyasi amaliy mashg‘uloti uchun o‘quv qo‘llanma tuzildi. Dori turlari texnologiyasining boshlang‘ich mavzularini yoritib beradigan ushbu «Farmatsevtik texnologiya asoslari»


Qiyin eriydigan moddalardan eritma tayyorlash



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə23/74
tarix07.11.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#67728
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Farmatsevtika institutining-fayllar.org

Qiyin eriydigan moddalardan eritma tayyorlash
Borat kislotasi, amidopirin, kalsiy glyukonat, achchiqtosh, natriy tetraborat kabi moddalar sovuq suvda sekin eriydi va nisbatan yomon ho‘llanish xususiyatiga ega. Ularning eritmalarini tayyorlashda issiq suvdan foydalanish lozim.
Rr: Solutionis Acidi borici 3,0 150 ml
D.S. Chayqash uchun.
Borat kislotasi sovuq suvda 1:25, issiq suvda 1:4 nisbatda eriydi.
Yordamchi idishda 3 g borat kislotasi 150 ml tozalangan 80—90°C li issiq suvda chayqatib eritiladi va shisha idishga suzilib, tegishli yorliq yopishtiriladi.

Yirik kristalli moddalardan eritma tayyorlash
Bularga natriy sulfat, magniy sulfat, mis sulfat, qo‘rg‘oshin asetat, achchiqtosh va boshqalar kiradi. Ularning suvli eritmalarini tayyorlash uchun dastlab uning o‘zi yoki retseptda ko‘rsatilgan erituvchi ishtirokida hovonchada maydalab olinadi.
Rr: Solutionis Cupri sulfatis 2% - 200 ml
D.S. Yuvish uchun.

Mis sulfat suvda yaxshi eriydi (1:3), lekin kristallari yirik va yomon ho‘llanish xossasiga ega bo‘lgani uchun erishi sekin boradi. Bu jarayonni tezlashtirish uchun mis sulfatni hovonchada maydalanadi va 80—90°C li issiq suvda eritiladi. Тayyor eritma shisha idishga paxta orqali suzib beriladi.


Oksidlovchilar bilan eritmalar tayyorlash
Kumush nitrat va kaliy permanganat eritmalari organik moddalar ta’sirida tez parchalanib ketishi mumkin (ayniqsa, filtrlanish jarayonida). Shuningdek filtr qog‘ozi kumush ionlarini o‘zida adsorbsiyalab ushlab qoladi.
Shuning uchun bunday moddalardan eritmalar tayyorlashda oldindan filtrlab olingan yangi haydalgan, tozalangan suvdan foydalaniladi. Juda filtrlash zarur bo‘lsa, birinchi yoki ikkinchi nomerli shisha filtrlardan foydalanish mumkin.

Rp: Sol. Argenti nitratis 0,12 180 ml


D.S. Chayish uchun.
0,12 g kumush nitrat oldindan filtrlangan yangi haydal­gan, tozalangan 180 ml suvda eritiladi. Тayyor eritmani qo‘ng‘ir idishga solib surguchlab, muhr qo‘yiladi. Zarur bo‘lsa 1-sonli shisha filtr orqali filtrlanadi. «Ehtiyot bo‘linsin» deb yozilgan ogohlantirish yorlig‘i yopishtiriladi. Shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun, deb yozib qo‘yiladi.
Rr: Sol Kalii permanganatis 5%—50 ml
D.S. Surtish uchun.
Kaliy permanganat sovuq suvda 1:18, issiq suvda esa 1:3 nisbatda eriydi.
2,5 g kaliy permanganatni hovonchada maydalab 50 ml yangi haydalgan, oldindan filtrlangan issiq suvda eritiladi va qo‘ng‘ir shisha idishlarga solinib, tegishli yorliq yopishtiriladi.


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin