II Dorixona muassasalari tomonidan yakka tartibda tayyorlanadigan
dori vositalarining tashqi bezagi
10. Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3 bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (2- sonli ilova):
a) _______-buyurtma raqami;
b) bemor (f.i.sh.)_____________________;
d) tayyorlangan sana__________________;
e) bahosi ____________;
11. Yorliqlarda dori turini qo‘llashning batafsil usuli quyidagicha ifodalanadi:
a) sirtqi va ko‘z surtmasi dori turlari yorliqlarida qo‘llash usulini qo‘lda yozib qo‘yish uchun joy qoldiriladi;
b) ichishga qo‘llaniladigan suyuq dorilar uchun:
________qoshiqda, ovqatdan________,____mahal;
d) ichishga qo‘llaniladigan poroshoklar uchun:
_______o‘ramdan, ovqatdan______,____mahal;
e) ko‘z tomchilari uchun:
____,ko‘zga,_____tomchidan____mahal;
f) in’eksiyaga ishlatiladigan dori turlari uchun: yaroqlilik muddati______,seriyasi_____,tahlili_____.
III Dorixona muassasalari tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yiladigan
dori vositalarining tashqi bezagi
12. Oldindan tayyorlab qo‘yiladigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (3-sonli ilova):
a) tayyorlangan sana __________;
b) yaroqlilik muddati__________;
d) seriyasi_________;
e) tahlili_________;
f) bahosi_______;
13. Dorilarning yorliqlariga qo‘yilgan seriya va tahlil raqami, qadoqlash va kimyoviy tahlil kitoblaridagi tegishli tartib raqamlariga mos holda son bilan yoziladi.
IV. Davolash profilaktika muassasalari uchun dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan dori vositalarining tashqi bezagi
14. Davolash profilaktika muassasalari (DPM) uchun dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalari yorliqlarida umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (4-sonli ilova):
a) DPM nomi;
b) bo‘limning nomi;
d) tayyorlangan sana_______;
e) yaroqlilik muddati______;
f) seriyasi_________;
g) tahlili_________;
h) tayyorladi_________;
i) tekshirdi_________;
j) ruxsat berdi_________.
Dostları ilə paylaş: |