Qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 39,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü39,22 Kb.
#173232
  1   2   3   4
6085-Текст статьи-15189-1-10-20220610



O’QITUVCHILARNI INNOVATSION FAOLIYATGA
TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI 
 
Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’li 
Termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. 
e-mail: zuxriddinbekjon@umail.uz  
 
Annotatsiya:
 
Maqolada 
bo’lajak 
texnologiya fani o’qituvchilarini 
innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonlari yoritib berilgan.

Kalit so’zlar : 
Texnologiya, o’qituvchi, innovatsiya, faoliyat, tayyorlash.
*** 
Резмю:
В статье описан процесс подготовки будущих учителей-
технологов к инновационной деятельности. 
Ключевые слова:
технология, учитель, инновации, деятельность, 
обучение. 
*** 
Annotation:
 The article describes the process of preparing future technology 
teachers for innovative activities. 
Keywords:
 Technology, teacher, innovation, activity, training. 
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya 
tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon 
andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, 
jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, 
ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish
yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish 
borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 20 
apreldagi - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 
Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan 


ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgani 
bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali 
mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning 9 
darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va 
ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilgan.[2] 
Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, 
pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni 
shakllantirishdan iboratdir.
Bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash 
texnologiyasi, bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar 
u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan
yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo) 
foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy
ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa 
turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rang-
barang va turli-tuman ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush 
tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni 
taqdim etadi.

Yüklə 39,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin