Innovatsiya
(ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika
va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga
sarflangan mablagʻlar; ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan
texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi
yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida
qoʻllanilishi.[7]
Ta`lim texnologiyasi
- Innovatsion texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash
uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o’z oldiga ta`lim
shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan
holda, dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish,
qo’llash va belgilashning tizimli usuli. Bugungi kunda ilmiy va ommabop
adabiyotlarda «Innovatsion texnologiya» tushunchasini ta`riflashda turli xil
tasniflarni uchratishimiz mumkin. O’zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha:
«Innovatsion texnologiya- bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya)
vositalari yordamida o’quvchilarga ta`sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida
ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir»
«
Innovatsion texnologiya
- tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta`lim
shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob`yektiv baholash uchun inson
salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta`sirini inobatga olib, ta`lim
maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish jarayonlarida
qo’llaniladigan usul va metodlar majmuidir». U Innovatsion texnologiyaga ta`lim
usuli, ma`lum ma`noda ta`lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari
majmui deb qaraydi. «Innovatsion texnologiya ta`lim-tarbiyaning ob`ektiv
qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o’quv jarayonlari, ta`lim-tarbiyaning
mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», -deb
ta`rif beradi. Innovatsion texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o’qitishning
har bir bosqichida ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va
vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli
matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar
va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab
chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv
baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.[8]
Innovatsiya
– bu u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish
maqsadida yangi texnika-texnologiyalarni yaratish, ish faoliyatni boshqarishning
takomillashgan usul va shakllarini ishlab chiqish hamda ularni joriy etishga
qaratilgan ilmiy-ijodiy faoliyat natijasi. Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida
samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro,
ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo) foydalanishni anglatar ekan, mos
ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy,
ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi
inson faoliyati sohalari kabi rang-barang va turli-tuman ko’rinishga ega.
Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy
salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu munosabat bilan
innovatsiyalardan keng va samarali foydalanish.
Dostları ilə paylaş: |