Rotorli burg‘ilash usulida tik yо‘nalishdan quduq ustunining qiya holatiga о‘tishi pona kо‘rinishidagi va sharnirli og‘dirgichlar yoki maxsus burg‘ilar, aralashma oqimini yuvishni ta’minlovchi uskunalar yordamida olib boriladi. Quduqning egri qismini burg‘ilashda tanaffus qilinadi va og‘dirgich yordamida burg‘ilash amalga oshiriladi. Natijada tushirish – kо‘tarish ishlarining hajmi kо‘payadi, burg‘ilash tezligi pasayadi va qurilish narxi о‘sadi.
Ponasimon og‘dirgich - burg‘iga shtift yordamida mahkamlanadi. Burg‘i ustiga ikkita kichik diametrli quvur о‘rnatiladi, u tizma pastki qismining silliqligini ta’minlaydi. Tizma tushirilgandan (a) va og‘dirgich berilgan azimutga о‘rnatilgandan keyin tog‘ jinsiga kirgiziladi (b), bunda burg‘ilash tizmasi kо‘tarib olinadi, (d) va (e) da quduq kengaytiriladi.
Sharnirli og‘dirgich – burg‘ilash tizmasiga sharnir orqali biriktiriladi. Tizma о‘qiga nisbatan qiya burchak ostida tizmaning pastki qismini aylantiradi.
a) burg‘ilash tizmasiga og‘dirgich tushiriladi, yо‘nalishi belgilanadi, nasos ishga qо‘shiladi va katta bо‘lmagan aralashma sarfi hamda yuklanmada burg‘i tog‘ jinsga tizmani aylantirilmasdan bosiladi. Undan keyin og‘dirgich ozroq kо‘tariladi va yana qaytadan burg‘i bosiladi;
b) bu jarayon yangi yо‘nalish olguncha davom ettiriladi;
d) undan keyin kichik aylantirish chastotasida tizma aylantiriladi (20-40 ay/daq), 4 – 6m quduq chuqurlanadi, burg‘ilash tizmasi kо‘tariladi, zenit va azimut burchaklar о‘lchanadi;
e) bundan keyin burg‘ilash tizmasi odatdagi burg‘i bilan quduqni bir necha metr burg‘ilaydi.
Quduq birdaniga kengaytiriladi. (d) va shu tartibda burchaklar о‘lchanadi.