Qiya quduqlarni turbinali og‘dirgich bilan egrilantirish.
Vintli quduq tubi dvigatellaridan og‘dirgichlar sifatida chegaralangan qiymatda foydalaniladi. Burg‘ilashni yо‘naltirishni boshqarish uchun maxsus asboblar sifatida turbinali va shpidelli og‘dirgichlardan foydalaniladi.
Quduqlarni og‘dirish uchun bir qator holatlarda turkumli ishlab chiqariladigan turboburlar yoki quduq tubi vint dvigatellardan foydalaniladi va quduqqa egri yuritma yordamida tushiriladi. Bunday asboblarning og‘dirish xususiyati egri yuritmadan yuqorida joylashtirilgan burg‘ilash quvurining kattaligini aniqlaydi. Og‘diruvchi kuchning kattaligi quduq tubi dvigatelining geometrik о‘lchamlariga bog‘liq bо‘ladi.
Kalibratorlar.
Kalibirlovchi va tubni – markazlovchi qurilmalarga kalibratorlar, markazlagichlar va stabillashtirgichlar mansub bо‘lib, ularning hammasi burg‘ilash tizmasining ostki qismini jamlanmasiga kiradi.
Ular tik va qiya yо‘naltirilgan quduqlarni qazishda, stvolni sifatli burg‘ilashda va egrilanish parametrlarni boshqarishda murakkabliklarni paydo bо‘lishi ehtimolligini kamaytirishda va quduqlarni burg‘ilashda texnik – iqtisodiy kо‘rsatkichlarni yaxshilashda qо‘llaniladi.
Kalibratorlar - kalibirlovchi va tayanch markazlovchi qurilmalar quduqning stvolini burg‘i diametri bо‘yicha kengaytirish va kalibrovka qilishga mо‘ljallangan, burg‘ini va quduq tubi dvigatelining valini radial tebranishini kamaytiridi va markazlaydi, ularning ish sharoitini yaxshilash hamda quduqning stvolini egrilanish parametrlarini boshqarishda qо‘llaniladi. U tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri burg‘ining ustiga, rotorli burg‘ilashda OBQning seksiyalarini oralig‘iga о‘rnatiladi.
Kalibratorlar:
a - parrak; b - sharoshkali; d - sharikni tanlash.
Markazlagich
Markazlagich – tayanch markazlovchi qurilma burg‘ilash tizmasining ostki qismi va quduq tubi dvigatelini markazlash uchun mо‘ljallangan, stvolning egrilanish parametrlarini stabillashtirish va quduqning zenit burchagini о‘zgarishini boshqarish maqsadida qо‘llaniladi . Ular burg‘iga beriladigan og‘diruvchi kuchlarni paydo bо‘lishini oldini olish va kamaytirish hisobiga burg‘ini va quduq tubi dvigatelining ishlatish sharoitini yaxshilaydi.